Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.
Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.
Dovon boʻylab harakatlanar ekansiz, bu yerda mamlakatimizning oʻziga xos gastronomik manzillariga ham guvoh boʻlasiz.
Mazasi boshqa joylarda uchramaydigan turli non va patirlar, shirinliklar, qurtlar va boshqa poliz mahsulotlari bu yerdan oʻtuvchi biror kishini befarq qoldirmaydi.
'Qamchiq' dovoni ' Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega. Chunki u Oʻzbekiston poytaxtini Fargʻona vodiysining aholisi zich joylashgan uch viloyati ' Namangan, Andijon va Fargʻona viloyatlari bilan bogʻlaydi. Dovonda har kuni minglab avtomobillar harakatlanadi.
2000-yil sentyabr oyida 'Qamchiq' va 'Rezak' dovonlarida umumiy uzunligi 2486 metr boʻlgan ikkita tunnel foydalanishga topshirildi.
Keyingi yillarda 'Qamchiq' dovonida bir nechta muhandislik-himoya inshootlari majmuasi ' maxsus galereyalar, qorni ushlab turuvchi qalqonlar, koʻchki toʻgʻonlari va tormoz xanjarlari barpo etildi. Dovonning maksimal balandligi dengiz sathidan 2268 metrni tashkil etadi.
Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV
'Xalq soʻzi'
'
Oʻzbekistonda dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'53,03 soʻmga'tushdi va'12 886,90 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'100,30 soʻmga'pastladi va'14 625,34 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'tushib,'160,87 soʻmni'tashkil etdi.
Soʻmning dollarga nisbatan qadri oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,54 soʻmga tushdi va 12 831,81 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 66,36 soʻmga pasaydi va 14 606,45 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,30 soʻmga oshib, 163,75 soʻmni tashkil etdi.
Xitoy Oʻzbekistonga 3 oyda 680 mingga yaqin telefon sotdi
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar'mart oylarida xorijdan 885,8 ming dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.Keltirilgan telefonlarning umumiy qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Shu turdagi eng koʻp qurilma Xitoydan keltirilgan boʻlib, ularning umumiy soni 679,2 ming dona boʻlgan. Yirik import qiluvchilar orasida 2-oʻrinda 175,8 ming dona telefon bilan Vyetnam turibdi. 3-oʻrinni esa 15,5 mingta telefon bilan Birlashgan Arab Amirlik
Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat