Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushlangan.
Shundan soʻng avtomashina va mazkur xonadon xolislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan. Natijada mashina salonida va xonadonda keyinchalik sotish maqsadida saqlab kelinayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari boʻlmagan 2 turdagi jami 27 500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, mazkur noqonuniy mahsulotlarning taxminiy qiymati 357 million soʻmni tashkil qiladi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi
Bugun, 12-may kuni, Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi doirasida Oʻzbekiston ' Qirgʻiziston turizm forumi boʻlib oʻtdi. Mazkur forum ikki davlat oʻrtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, sayyohlik almashuvini kengaytirish va madaniy yaqinlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim tadbir sifatida tashkil etildi.Forumda soʻzga chiqqanlar s
Toshkentda soxta oltin quymalarini 70 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Maʼlum qilinishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar X.U. va A.D. umumiy ogʻirligi 2,06 kg boʻlgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga oʻxshatib tayyorlangan (999,9 asllik belgisi tamgʻasi muhrlangan) metallarni sotmoqchi boʻlgan.Ular oʻzaro til biriktirib M.S va R.L.ga metallarni 70 ming dollarga sotishga kelishgan. Firibgarlar pullar hisobidan 35 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-mo
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi
'Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston oʻzini suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bilan bir qatorda ijtimoiy davlat deb eʼlon qildi. Inson huquqlari va erkinliklari, shu jumladan ijtimoiy huquqlarni taʼminlash borasida mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etildi.Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy
Sirdaryodagi ayanchli YTHda 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida 'Lacetti' rusumli transport vositasi yoʻlni ikkiga ajratib turuvchi temir toʻsiqqa borib urilishi oqibatida 1 nafar yoʻlovchi halok boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa joriy yilning 19-iyun kuni tonggi soat 05:40 larda viloyatning Oqoltin tumani hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 116-kilometrida yuz bergan.Mahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlum boʻ