Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi

Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.
Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy birdamlik mezonlariga mos keladigan demokratik ijtimoiy davlat barpo etish maqsadlari bilan chambarchas muvofiq ekanligini eʼtirof etadi.
Soʻl qanot partiya sifatida faoliyatimiz davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning hayotiy ehtiyojlari bilan bogʻliq masalalarni hal etish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, aholini kafolatli daromad manbai bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishda faol qatnashib kelmoqdamiz.
Qonunchilik palatasi faoliyatini chuqur tahlil qilish, uning ishini kuzatish va xolis baholash hamda elektorat fikrini inobatga olgan holda partiya oʻtgan davrdagi faoliyati natijalari, saylovoldi platformasi va hukumat dasturi yoʻnalishlari tahlili asosida oʻz siyosiy pozitsiyasini shakllantirdi.
Oʻng partiyalar oʻz dasturiy maqsad va vazifalarining yaqinligidan kelib chiqqan holda parlamentdagi koʻpchilik ' 'Taraqqiyot bloki'ni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar. Biz mazkur blokning tuzilishiga eʼtiroz bildirmagan holda uning ustuvor vazifalari, shuningdek hukumat dasturi va faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga qoʻshila olmaymiz.
Xususan:
' iqtisodiyotda davlat ishtiroki, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar ustidan davlat nazoratini saqlab qolishga eʼtiborning kamligi, ularni xususiylashtirish qonun darajasida taqiqlanmaganligi;
' raqobatbardosh va bozor mexanizmlari orqali boshqariladigan pensiya tizimiga oʻtish zaruriyatining mavjudligi
' kommunal toʻlovlari (gaz, elektr va boshqalar) masalasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashning istiqbolga moʻljallangan aniq strategiyasi ishlab chiqilmaganligi;
' ulushdorlik asosida uy-joy qurish boʻyicha fuqarolar ulushlarini himoya qilish va kafolatlash tizimining hanuzga qadar yaratilmaganligi;
' aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimi joriy etilmaganligi (koʻp mablagʻ topgan, koʻp toʻlashi lozim tamoyilini qoʻllash lozim), shu jumladan qimmatbaho mol-mulk uchun soliqning (hashamat soligʻi) joriy etilmaganligi;
' farmatsevtika sohasida davlat nazorati sustligi, mahalliy va xorijiy dori vositalari uchun eng yuqori cheklangan narxlar belgilanmaganligi, shu jumladan dori vositalarining reklamasi taqiqlanmaganligi kabi bir qator masalalar partiyamiz elektorati manfaatlariga zid deb hisoblaymiz.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida boshqa soʻl partiyalar, sotsial-demokratiya gʻoyalari tarafdorlari bilan birgalikda tashabbus qilingan parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.
Mazkur qonun oʻzini parlamentdagi muxolifat deb eʼlon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi uchun kengaytirilayotgan huquq va imkoniyatlardan toʻlaqonli foydalanishni kafolatlaydi.
Qonunchilikka muvofiq hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻzlarini muxolifat deb eʼlon qilishi mumkin.
Shu bois, partiyamiz elektorati ovozini parlament va hukumatga yetkazish, ularning manfaatlarini samarali himoya qilish, mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishni davom ettirish uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi, deb eʼlon qiladi.
Parlamentdagi muxolifat fraksiyasi sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni muhim deb hisoblaymiz:
' qonun loyihalari va parlament muhokamasidagi dolzarb masalalar boʻyicha oʻz saylovoldi dasturimiz maqsadlaridan kelib chiqqan holda qatʼiy siyosiy pozitsiyamizni bildirib borish;
' hukumat va parlamentdagi koʻpchilikning taklif hamda tashabbuslarini tanqidiy koʻrib borish, ular yuzasidan oʻz munosabatlarimizni bildirib borish;
' hukumat va parlamentdagi koʻpchilik tomonidan parlamentga kiritilgan qonun loyihalari boʻyicha zarur deb koʻrilgan holda muqobil qonun loyihalarini ishlab chiqish va kiritib borish;
' iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha hukumat harakat dasturi ijrosini tanqidiy baholash va oʻz nuqtayi nazarimizni bildirish;
' parlament nazorati vositalaridan samarali foydalanish, shu jumladan qabul qilingan qonunlarning hukumat tomonidan soʻzsiz ijro etilishi, qonun loyihalarini parlamentga oʻz vaqtida va sifatli kiritilishi, qonunlar ijrosi uchun zarur boʻlgan qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishini taʼminlash ustidan taʼsirchan nazorat olib borish.
Biz, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy birdamlik tamoyillarini yuzaga chiqarish orqali Oʻzbekiston ijtimoiy davlat tamoyilini amalga oshirishda saylovchilarimiz manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyamiz va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholimiz farovonligini taʼminlash yoʻlida barcha saʼy-harakatlarimizni bundan buyon ham safarbar qilishda davom etamiz', deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rasmiy bayonotida.
MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi
Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi
Gʻayrat OTAJONOV/'Xalq soʻzi'. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda universitet rektori, akademik A.Reymov litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha bitiruvchilarni, ularning ota-onalari va ustozlarini tabrikladi, yurtimizda yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.Bugun ushbu taʼlim dargohini bitirib chiqayotgan yoshlar kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga m
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 6-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqida Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan, paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan.'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligi rahbari A. Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini
Har mavsumda shu boʻlar takror...
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha