calendar 13 May 14:39
eye 747
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda

image
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimidagi zamonaviy islohotlar: yutuqlar va istiqbollar' mavzusida maʼruza oʻqib, yurtimizdagi taʼlim sohasidagi tub oʻzgarishlar, akademik erkinlik va xalqaro hamkorlik salohiyati haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, Durdona Ermatova Ka-Foskari universiteti Osiyo va Shimoliy Afrika tadqiqotlari boʻlimi talabalari uchun oʻzbek tili va madaniyatiga bagʻishlangan amaliy mashgʻulotlarni boshlab yubordi. Bir oy mobaynida u oʻzbek tilining fonetikasi, grammatikasi, leksik boyligi hamda xalqimizning boy tarixi va madaniyati haqida zamonaviy usullarda darslar oʻtadi.



Nozliya Normurodova tashrif doirasida Ka-Foskari universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Antonio Markomini bilan ham uchrashib, talabalar va professorlar almashinuvi, 'Boburnoma' xalqaro platformasini yaratish, qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar oʻtkazdi.

Shuningdek, u sanʼatshunos professor Silviya Burini bilan ham uchrashdi. Silviya Burini 2024-yil aprel oyida Italiyada boʻlib oʻtgan 'Oʻzbekiston: Sahrodagi avangard' koʻrgazmasining kuratori sifatida yurtimiz sanʼati va madaniyatini Yevropa auditoriyasiga taqdim etgan.

Tashrif doirasida Ka-Foskari universitetida Oʻzbekiston burchagi tashkil etildi. U yerda oʻzbek tili, adabiyoti, tarixi va milliy suvenirlar namoyish etilmoqda. Bu tashabbus Oʻzbekistonning madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targʻib qilishga xizmat qilmoqda.



Mazkur xizmat safari ikki universitet oʻrtasidagi Erasmus+ dasturi doirasidagi hamkorlikning mantiqiy davomi boʻlib, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish hamda akademik almashinuvni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, Italiyalik taniqli turkolog Elizabet Raganinining ham Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan uzoq yillik samarali hamkorligi qayd etildi.

Ushbu tashrif Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, oʻzbek tili va madaniyatini jahon miqyosida keng targʻib etishga xizmat qilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
213
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
738
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
52
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra