calendar 18 Feb 11:20
eye 45
comments 0
comments Manba: xs

“Muruvvat” uyida yashovchi keksalar Ombudsmanga nega murojaat qilishdi?

image

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Alloyorovga Xiva “Muruvvat” nogironligi boʻlgan erkaklar uchun internat uyida yashovchi keksalardan murojaat kelib tushgan edi. Ushbu murojaatda 14 nafar qariyaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi va ularni rasmiylashtirishda amaliy yordam berilishi soʻralgan.

Mazkur murojaat nazoratga olinib, Xorazm viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻrganish davomida murojaatda koʻrsatilgan 14 nafar fuqarodan 5 nafarining shaxsi aniqlanib, ularga qonunda belgilangan tartibda shaxsini tasdiqlovchi hujjat – ID-kartalar rasmiylashtirilib berildi.

Qolgan 9 nafar keksalarning tugʻilganlik faktini belgilash boʻyicha Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudiga daʼvo arizalari kiritildi. “Muruvvat” uyida oʻtkazilgan sayyor sud majlisida Ombudsman tomonidan kiritilgan daʼvo arizalarining barchasi qanoatlantirildi.

Shundan soʻng, sud qarori asosida ushbu shaxslarga shaxsini tasdiqlovchi hujjati – ID-kartalar rasmiylashtirilib, oʻz egalariga topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
0
0
xs.uz

Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl

13 May 14:37
 
0
0
xs.uz

Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska

13 May 14:37
 
0
0
xs.uz

Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi

13 May 14:37
 
0
0
xs.uz

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi

'Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston oʻzini suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bilan bir qatorda ijtimoiy davlat deb eʼlon qildi. Inson huquqlari va erkinliklari, shu jumladan ijtimoiy huquqlarni taʼminlash borasida mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etildi.Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy