Toshkent tumanida oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi


Yurtimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni arafasida Toshkent tumanidagi 75-oilaviy poliklinikasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Koʻkterak hududida joylashgan sobiq tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi binosi maʼnan eskirib, aholi va tibbiy personal uchun qator noqulayliklar mavjud edi.
Muassasa joylashgan bino 3 oy davomida kapital rekonstruksiya qilinib, mutlaqo zamonaviy koʻrinish kasb etdi. Endilikda ushbu tibbiyot maskani 75-oilaviy poliklinika sifatida 30 mingga yaqin aholiga tibbiy xizmat koʻrsata boshlaydi.
Bu yerda konsultativ poliklinika, UTT va klinik laboratoriya, kunduzgi davolash boʻlimlari mavjud boʻlib, zamonaviy jihozlangan poliklinikada 8 nafar umumiy amaliyot shifokori, terapevt, pediatr, xirurg, travmatolog, ginekolog, stomatolog, UTT shifokori kabi tajribali mutaxassislar aholiga yuqori malakali tibbiy xizmatni amalga oshirishadi.
Shuningdek, ushbu poliklinikada Toshkent tibbiyot akademiyasining oilaviy shifokorlar kafedrasi oʻz faoliyatining yuritadi.
Bundan tashqari ushbu muassasada tez tibbiy yordam shoxobchasi joylashgan boʻlib, aholiga tunu kun xizmat koʻrsatish uchun 2 ta tez tibbiy yordam brigadasi va barcha zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, yurtimizda ishlab chiqarilgan 2 ta Volkswagen Caddy reanimobili xizmatga shay.
Oilaviy poliklinikaning tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Behzod Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Laziz Toʻychiyev, tuman hokimi Odilxon Rustamov, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbar va masʼul xodimlari hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi
Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzla
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal