calendar 20 Mar 12:54
eye 27
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

image
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Qarorga muvofiq, 2025-yilda 2 million nafarga yaqin xotin-qizning bandligini taʼminlash, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, yana 250 ming nafar ayolni oliy taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 50 ming ehtiyojmand xotin-qiz sanatoriylarda sogʻlomlashtirish dasturlariga jalb qilinib, ular uchun tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha maxsus motivatsion seminarlar tashkil etiladi.

2025-yil 1-maydan boshlab 'HAMROH' dasturi doirasida ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yangi moliyaviy yordam mexanizmlari joriy qilinadi. Xususan, 'Yashil loyihalar' va IT sohasidagi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda kamida 5 nafar ayolning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashgan ming nafar 'ustoz' tadbirkorga 50 million soʻmgacha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan ayollar uchun 100 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bu esa moliyaviy imkoniyatlari cheklangan, ammo biznes bilan shugʻullanish istagida boʻlgan xotin-qizlarga katta yordam boʻlishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkor ayollar tomonidan kredit mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar 'Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kafillik taqdim etilishi ham rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
10
0
xs.uz

Andijonda 40 mln dollarga kichik va mikro GESlar quriladi

Andijon viloyatida kichik va mikro GESlar qurish uchun 40 million dollar ajratiladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'qayd etildi.Izboskan tumanida tadbirkor 10 million dollar investitsiya hisobiga quvvati 3,2 megavattli kichik GES qurgan. GES yiliga 8 million kilovatt-soat elektr beradi. Bu Izboskan aholisi isteʼmolining 20 foizi degani.Prezident bu namunali loyihani maʼqullab, viloyatning suv oqimi yuqori boʻlgan ariq va kanallarida 75 mega

20 Mar 12:54
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir

16 Apr 09:12
 
5
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo

20 Mar 12:54
 
30
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur