Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtirilgani taʼkidlandi. Ushbu tizim orqali fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, jinoyatchilikka moyillikni kamaytirish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsad qilingan.
Bosh prokuror taʼkidlaganidek, jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Shu bilan birga, har bir fuqaroda jinoyatchilikka qarshi immunitetni bolalikdan shakllantirish muhim vazifalardan biri ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, murojaatda jabrlangan fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralari yanada kuchaytirilishi taʼkidlandi. Buning uchun jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan mexanizmlar takomillashtiriladi.
Bosh prokuratura jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik va davlat tashkilotlari hamkorligi muhim ekanini taʼkidlab, barcha fuqarolarni huquqbuzarliklarning oldini olishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining mamlakatimiz aholisiga murojaati
Qadrli otaxon va onaxonlar!
Aziz yoshlar!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarga yaxshi maʼlumki, bugungi kunda muhtaram Prezidentimizning rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu islohotlarning tub mohiyati, avvalo, inson qadrini ulugʻlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir.
Albatta, islohotlarning natijadorligini, odamlarning tinch va osuda hayot kechirishini taʼminlashda huquq-tartibot idoralarining zimmasida katta masʼuliyat borligini ham chuqur his qilamiz.
Taʼkidlash kerak, oʻtgan davrda barcha davlat va nodavlat idoralari va xalqimiz bilan birgalikda barcha sohalarda qonuniylikni taʼminlash, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar qilindi.
Eng muhimi, bugun toʻla ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlash nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki boshqa idoralar va keng jamoatchilikning umummilliy ishi va muhim vazifasiga aylandi.
Oʻz navbatida, oldimizda hal etilishi lozim boʻlgan masalalar ham koʻp ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining kengaytirilgan majlisida muhtaram Prezidentimiz ham kelgusidagi dolzarb va muhim vazifalarni belgilab berdilar.
Shu nuqtayi nazardan, tegishli idoralar va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni belgilab oldik.
Birinchidan, jinoyatlarning oldini olish, mamlakatda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash boʻyicha kuchaytirilgan ish tartibi joriy etildi.
Endi barcha kuch va vositalarni, jinoyatlarning oqibati bilan kurashishga emas, ularni keltirib chiqarayotgan tub sabab va omillarni aniqlab, bartaraf etishga safarbar qilamiz.
Bu borada huquq-tartibot organlari hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlik yanada kuchaytiriladi, barcha saʼy-harakatlar samarali muvofiqlashtirib boriladi.
Har bir mahalla, xonadongacha tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlashga eʼtiborimizni kuchaytiramiz, jinoyat sodir etgan va bunga moyilligi bor fuqarolar bilan bevosita uchrashuvlar oʻtkazib, 'fuqarobay' ish tizimini joriy qilamiz.
Huquqbuzarlik va jinoyatga sabab boʻlayotgan oilaviy, ijtimoiy, moddiy va psixologik muammolarni hal qilishga, har bir fuqaroda 'jinoyatchilikka qarshi immunitet'ni bolalikdan shakllantirishga alohida eʼtibor qaratamiz.
'Jinoyatga jazo muqarrar'ligini taʼminlash, jabrlanganlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralari yanada kuchaytiriladi.
Davlatimiz rahbarining kuni kecha qabul qilingan alohida qarorlari asosida sodir etilgan jinoyatlarni har kuni tezkor tahlil qilib, manzilli tadbirlarni belgilash, kunlik soʻrov va nazorat tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ikkinchidan, tergov sifati yanada oshiriladi, bu jarayonlarda inson huquq va erkinliklari poymol etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qaysi idorada boʻlmasin, har bir tekshiruv hamda tergov ishi prokurorlarning kundalik va qatʼiy nazoratida boʻladi.
Tekshiruv va tergov harakatlarining har tomonlama, toʻliq, eng asosiysi, xolis va qonuniy oʻtkazilishini taʼminlashga, tergov xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bu faoliyatga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etamiz, sohani raqamlashtirish choralarini izchil koʻrib boramiz.
Eng asosiysi, odamlarning tergov idoralarida sarson boʻlishiga, tazyiq va zoʻravonlikka uchrashiga, noqonuniy hibsga olinishi va javobgarlikka tortilishiga yoʻl qoʻymaslikning barcha choralarini koʻramiz.
Ayblanuvchilarga ehtiyot chorasini qoʻllashda adolatni taʼminlash, himoya huquqini mustahkamlash, advokatlar faoliyatiga toʻsqinliklarni bartaraf etish prokurorlarning alohida eʼtiborida boʻladi.
Uchinchidan, bundan buyon prokuratura organlarining eng yuqori tizimidan quyi boʻgʻinigacha, umuman, barcha kuch va vositalarimiz korrupsiyaga qarshi kurashishga toʻliq safarbar qilinadi.
Bu borada barcha davlat va nodavlat tuzilmalari, hokimliklar, keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqamiz, jamiyatning barcha qatlamlari salohiyatini birlashtirish yoʻlidan boramiz.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishning barcha choralarini koʻramiz.
Korrupsiyaga imkon berayotgan omillarni, tub sabablarni aniqlash uchun eng chekka hududlargacha boramiz, har bir sohaga chuqur kiramiz.
Ijtimoiy soʻrovnomalar, muloqot va uchrashuvlar tashkil qilib, xalqimizning eʼtirozlari, fikr va takliflarini doimiy oʻrganamiz.
Shu orqali, soha va hududlardagi 'korrupsiyaviy tuynuk'larni aniqlab, ularni tag-tomiri bilan yoʻq qilish boʻyicha manzilli choralar koʻramiz.
Bu borada tegishli vazirlik va idoralar bilan korrupsiyaviy omillarni birgalikda bartaraf qilish boʻyicha yoʻl xaritalari va dasturlar ishlab chiqilmoqda, ularning ijrosi ham nazoratga olinadi.
Byudjet mablagʻlari, jumladan subsidiya va boshqa koʻrinishdagi davlat koʻmagining sarflanishi, davlat xaridlari, xizmat koʻrsatish jarayonlari, umuman, aholimiz koʻp duch keladigan sohalarda turli suiisteʼmolchilik va byurokratik toʻsiqlarning oldini olish, qonuniylikni taʼminlash diqqat markazimizda boʻladi.
Ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, barcha sohalarni raqamlashtirish, inson omilini qisqartirish choralariga alohida masʼuliyat bilan yondashamiz.
Korrupsiyani fosh etishga doir hamkorlikdagi tadbirlarni ham yanada jadallashtiramiz, umuman, aholi va tadbirkorlarni, shu jumladan investorlarni jinoiy tajovuzlardan himoyalash uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Buning uchun, korrupsiyaviy holatlar haqida Bosh prokuraturaga tezkor xabar berish imkoniyatini beruvchi, tunu ' kun ishlaydigan 'Ishonch telefoni' va telegramm 'botni ishga tushirdik. Maxsus operatorlar guruhi faoliyatini ham yoʻlga qoʻydik.
Albatta, bu vazifalarni bilimli, tashabbuskor, sadoqatli va bugungi islohotlar natijalariga daxldorlik hissi bilan yashaydigan xodimlar korpusi bilangina samarali amalga oshirish mumkin.
Shu bois, xodimlarimizning bilimi, dunyoqarashi, ongu tafakkurini rivojlantirish, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish choralarini izchil davom ettiramiz.
Aziz yurtdoshlar!
Albatta, mamlakatimizda jinoyatchilik va korrupsiyaning oldini olishda, umuman barcha sohalarda qonuniylikni taʼminlashda, biz ' prokuratura xodimlari, eng avvalo Sizning xayrixohligingiz, hamjihatligingiz va koʻmagingizga tayanamiz.
Agarda har bir fuqaro jonajon vatanimizni jinoyatdan, korrupsiyadan holi, tinch va xavfsiz oʻlkaga aylantirishga oʻz hissasini qoʻshsa, barchamiz bir tanu bir jon boʻlib, birgalikda kurashsak koʻzlangan maqsadga albatta erishamiz.
Qonunlarga qatʼiy rioya etish, oʻzgalar huquqi, shaʼni va qadr qimmatini, mol ' mulki daxlsizligini hurmat qilish, ham qonuniy, ham insoniy burchimiz ekanini ham doimo yodda tutishimiz zarur.
Aziz yurtdoshlar, keling, qonun ustuvor, adolat hukmron boʻlgan jamiyatni birgalikda barpo etaylik!
Nigʻmatilla Yoʻldoshev,
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif koʻp qirrali Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan Qoʻshma deklaratsiya hamda ikki tomonlama Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzish toʻgʻrisidagi bayonnomani imzoladilar.Ikki mamlakat yetakchilari huzurida tashrif davomida imzolangan quyidagi hujjatlar almashildi:- Fan, texnika va innovatsiyalar
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.Unga koʻra, mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini bahol
Saudiya Arabistonida hibsga olingan 19 nafar oʻzbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
Joriy yilning 12-14-mart kunlari 19 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, jumladan Saudiya Arabistoni huquq-tartibot idoralari tomonidan ilgari hibsga olingan ayollar vatanga qaytarildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Saudiya Arabistonining vakolatli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida barcha hibsga olingan 19 nafar ayollar oʻz oilasi bagʻriga qaytishga muvaffaq boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Saud