calendar 13 May 14:37
eye 105
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari qachondan kuchga kiradi?

image
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini baholashda yangi tizim joriy etildi. Hukumatning 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan 'Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida'gi nizom tasdiqlandi.

Unga koʻra, transport vositasini boshqarish paytida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari endi jarima ballari orqali baholanadi. Shuningdek, ballarni hisoblash, ular boʻyicha murojaat qilish va koʻrib chiqish tartibi aniq belgilandi.

Nizomga asosan, jarima ballari faqat Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalarga koʻra qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.

Bundan tashqari, har bir haydovchi qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etgan kundan keyingi bir yil davomida toʻplagan jarima ballari amalda boʻladi. Agar bu muddat ichida ballar 12 taga yetmasa, keyingi davr uchun ular inobatga olinmaydi.

Jarima ballari tizimi avtomatlashtirilgan 'E-jarimaball' moduli orqali hisoblanadi. Bu tizim inson omilisiz, yaʼni toʻliq avtomat tarzda ishlaydi. Haydovchilar istalgan paytda oʻz ballari haqidagi maʼlumotlarni mazkur modul orqali bilishlari mumkin. Agar haydovchi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar ballar yigʻindisi 8 taga yetsa, unga SMS orqali ogohlantiruv yuboriladi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb sud tomonidan tan olingan holatlarda, jarima ballari aynan qoidabuzarlik sodir etilgan kundan hisoblanadi. Bu esa haydovchining masʼuliyatini aniqlashda huquqiy aniqlikni taʼminlaydi.

Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan boshlab amaliyotga joriy etiladi. Shu tariqa, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishni ragʻbatlantirish va haydovchilarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan yangi tizim ish boshlaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
47
0
xs.uz

Qarshida 585 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharida 105 million soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. 'Epica' rusumli avtomashinasida fuqaro R.K.ning tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga

01 Jun 03:47
 
11
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

01 Jun 03:47
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar

21 Apr 08:34
 
762
0
xs.uz

Prezident AQSh bojlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining Oʻzbekistonga taʼsirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.Avvalo, davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga toʻxtaldi.'Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar b