calendar 21 Apr 08:34
eye 1183
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident AQSh bojlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida gapirdi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining Oʻzbekistonga taʼsirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.

Avvalo, davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga toʻxtaldi.

'Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar bugun samarasiz boʻlib borayapti.

Albatta, bu jarayonlar zanjirli taʼsir koʻrsatib, jahon iqtisodiyotini sekinlashuvi va xalqaro savdoni kamayishiga olib kelishi mumkin', dedi Prezident.

Birgina yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflyatsiya darajasi 7,5-8 foizga koʻtarilishi haqida prognozlar berilmoqda.

'Uch-toʻrt kun ichida xalqaro moliya bozorlari 10 trillion dollar yoʻqotgani biz uchun qattiq 'signal' boʻlishi kerak.

Eng katta xavf ' pandemiya davrida boʻlgani kabi dunyo boʻylab taʼminot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar paydo boʻlishidadir.

Ayniqsa, bunday holat jahon eksportida yuqori ulushga ega toʻqimachilik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi 'drayver' tarmoqlarga katta zarba berishi mumkin', dedi Prezident.

Oʻziga nisbatan eng katta import bojlari qoʻyilgan davlatlar endilikda Oʻzbekiston eksport qilayotgan yoʻnalishlarga oʻzining mahsuloti bilan kirish uchun agressiv savdo siyosatini yuritishi mumkinligi qayd etildi. Yaʼni, mamlakatimiz kirib borgan ip-kalava, mato, gazlama, tayyor tekstil va maishiy texnika bozorlarida ham ayovsiz raqobat boʻladi.

Garvard universiteti tahliliga koʻra, oʻtgan besh yilda Iqtisodiy murakkablik indeksida Oʻzbekistonning oʻrni 25 pogʻona yaxshilanib, 105-oʻrindan 80-oʻringa koʻtarildi.

Bugungi kunda 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz 'dunyo bozorlarida raqobat ustunligiga ega' deb eʼtirof etilayapti.

Natijada oxirgi yillarda eksport 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi.

'Bu ' iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bogʻliq ekanini koʻrsatadigan juda katta raqam', dedi Prezident.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
36
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

04 Jun 02:44
 
33
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

“Insonparvarlik yordami bilan sogʻligimni tikladim”

Farhod ESONOV'Xalq soʻzi'. Yangi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishiga aylangan. Bu yoʻlda har bir insonning farovonligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.Bu jarayonda 'Inson qadri uchun', 'Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qiladi' kabi xalqchil tamoyillarga asoslangan islohotlar, 'Temir daftar', 'Ayollar da

04 Jun 02:44
 
123
0
xs.uz

Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot