calendar 04 Jun 02:44
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Insonparvarlik yordami bilan sogʻligimni tikladim”

image
Farhod ESONOV'Xalq soʻzi'. Yangi Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish ijtimoiy siyosatning asosiy yoʻnalishiga aylangan. Bu yoʻlda har bir insonning farovonligi, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Bu jarayonda 'Inson qadri uchun', 'Xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qiladi' kabi xalqchil tamoyillarga asoslangan islohotlar, 'Temir daftar', 'Ayollar daftari', 'Yoshlar daftari', 'mahallabay' va 'xonadonbay' ishlash kabi yangi tizimlar orqali aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining muammolari manzilli oʻrganilib, ularni hal etish boʻyicha tezkor yechimlar topilmoqda.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoyasi borasidagi ishlarni Qiziriq tumani Xalqobod mahallasi misolida ham koʻrish mumkin. Ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Salima Mirzayevaning uch nafar farzandi bor. Yolgʻiz ayolning hayotiga ogʻir dard soya soldi ' bosh miya jarrohligiga muhtojlik uni chorasiz ahvolga qoldirdi. Moddiy imkoniyat yetishmasligi sababli, umidsizlik girdobida u taqdirga tan berishga majbur boʻldi. Lekin Prezidentimizning 'Inson qadri hamma narsadan ustun' degan ezgu siyosati tufayli Salima Mirzayeva yana hayotga qaytdi!



' Uyma-uy xatlov oʻtkazish jarayonida fuqaro Salima Mirzayevaning oilaviy sharoiti oʻrganilganda, uning sogʻligida jiddiy muammo borligi aniqlandi, ' deydi 'Xalqobod' MFY ijtimoiy xodimi Nigora Jumayeva. ' Salima opaning ahvoli chindan ham ogʻir edi. Shu sababli, u haqdagi maʼlumotlarni zudlik bilan jamlab, mutasaddilarga taqdim etdim. Xursandchiligim shundaki, qisqa vaqtda 'Saxovat va koʻmak' jamgʻarmasi mablagʻlari evaziga bemor jarrohlik amaliyotini oʻtkazib, yana oilasi bagʻriga salomat qaytdi. Bundan ortiq baxt boʻlmasa kerak.

'Mahallabay' ishlash tizimi tufayli har bir oilaning dardini eshitish, muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga yechim topish imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda mahallada 105 nafar nogironligi bor fuqaro, 70 ta kam taʼminlangan oila, 83 ta ijtimoiy reyestrda turadigan nafaqa oluvchi oila mavjud. Ularga oʻz vaqtida koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar natijasida aholining davlatga boʻlgan ishonchi kundan-kunga ortib bormoqda. Salomatligi tiklangan S.Mirzayeva ham unga koʻrsatilgan beminnat yordamdan minnatdor.



' Hayotdan umidimni uzgandim ' deydi Salima Mirzayeva. ' Kasalligim bois oilamda ham baraka yoʻqolgandi. Farzandlarimning taʼlim-tarbiyasi bilan shugʻullanolmasdim. Endilikda bularning bari ortda qoldi. Insonparvarlik yordami orqali hayotga, farzandlarim bagʻriga qaytdim.

Salima Mirzayevaga koʻrsatilgan yordam shu bilan cheklanib qolmadi. Unga 1-guruh nogironligi rasmiylashtirildi, bolalar nafaqasi tayinlandi. Bundan tashqari, ikki nafar farzandining kelajagi uchun ham qaygʻurilib, ular bepul toʻgaraklarga jalb etildi. Bu xayrli ish nafaqat bir insonga yordam berish, balki butun oilaning hayotida yangi sahifa ochishga xizmat qildi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
15
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

13 May 14:37
 
23
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” hafta oʻrtasida harorat keskin koʻtarilishidan ogohlantirdi

'Oʻzgidromet' 14html5-dom-document-internal-entity1-minus-end16-may kunlari Oʻzbekistonda kutilayotgan issiq harorat haqida favqulodda maʼlumotni eʼlon qildi.14-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end16-mayda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39, +41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda esa +42, +43 darajagacha koʻtariladi.14html5-dom-document-

16 Apr 09:11
 
68
0
xs.uz

Jangchi qizning jasorati

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Bundan roppa-rosa bir asr avval, yaʼni 1925-yilning yoz oylari. Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumanidagi Verxniy Saltov qishlogʻida istiqomat qilayotgan ziyoli oilalarning birida qizaloq dunyoga keldi. Oila boshligʻi Andrey Ivanovich Pixota maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlardi. U farzandlarini ham ilmli, ziyoli insonlar etib tarbiyalashga katta eʼtibor qaratdi. Xususan, qizaloq Vera besh yoshidan nemis tilini oʻrgana boshladi. U 10 ' 12 yoshlar

31 May 08:49
 
30
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,