Yosh Veraning orzulari ham oʻzi yashayotgan Verxniy Saltov qishlogʻining tabiati kabi goʻzal va begʻubor, u universitetda oʻqib, keyin katta olima boʻlishni maqsad qilgandi. Ammo 1941-yilning yozida urush boshlanib qoldi. Xuddi qishlogʻidagi osudalik, odamlarning tinch, farovon hayoti kabi qizaloqning qalbidagi orzular ham bir zumda singan shishadek parchalandi. Koʻp oʻtmay qishloqda dushman askarlari, harbiy texnikalari paydo boʻldi. Vera uchun qoʻrqinchli kunlar boshlandi.
Dastlab otasi jangda halok boʻldi. Keyin akasidan qoraxat keldi. Dushman toʻliq egallab olgan, hamma joyi kultepaga aylangan qishloqda ukasini boqish, ularga non topib berish mashaqqati oʻsmir qizning zimmasiga tushdi. Bu voqealar yosh Veraning qalbida dushmanga nisbatan cheksiz nafrat uygʻotib, u jangga kirish, oʻz askarlariga yordam berishni istay boshladi. Zobitlardan biriga uchrashib, jangga kirmoqchiligini aytdi. Biroz davom etgan savol-javobdan soʻng Vera Pixota razvedkachi sifatida xizmatga qabul qilindi. Qiz hech ikkilanib oʻtirmay, shu kuniyoq ishga kirishdi. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishni boshladi.
Vera Andrevnada razvedka xizmati uchun kerak boʻlgan hamma narsa bor edi. U nemis tilini yaxshi bilar, jussasi kichik va yoshiga nisbatan juda yosh koʻrinardi. Shu bois ikki yil davomida goʻyoki oʻynab yurgan bolakay kabi fashistlarning oʻq-dori, oziq-ovqat omborlari, muhim obyektlari haqida koʻplab muhim maʼlumotlar toʻplab, askarlarga yetkazib turdi. Uning keltirgan maʼlumotlari asosida dushmanning bir qator oʻq-dori va oziq-ovqat bazalari yoʻq qilib tashlandi. Strategik muhim obyektlariga zarba berildi. Ammo...
Oʻsha paytda fashist askarlari bosib olgan hududlariga mahalliy aholi ichidan oʻzlariga xayrixoh boʻlgan bir kishini topib, uni hududga oqsoqol etib tayinlar, bu yerdagi vaziyatni shu kishi nazorat qilib turardi. Yosh Veraning harakatlarini ham fashistlarga xizmat qilayotgan qishloqdoshi, sotqin oqsoqol payqab qoldi. Qiz tezda qoʻlga olinib, Polsha Respublikasining Sudeskiy viloyatida joylashgan Netrebenki konslageriga joʻnatildi.
Endigina 18 yoshni qarshi olgan qiz konslagerda salkam ikki yil davomida ne-ne azob uqubatlar, qiynoqlarni koʻrmadi, deysiz?! Bu yerdagi koʻplab asirlar turli kasalliklar, ochlik va suvsizlik azobidan halok boʻlishdi. Veraning ham hayoti soʻnib borayotgandi, qachonki, biznikilar konslagerning kulini koʻkka sovurishdi-yu u asirlikdan ozod etildi.
' Shundan soʻng qishloqqa qaytib, oʻz yaqinlarimni izlay boshladim, ' deydi urush faxriysi. ' Doneskda yolgʻiz ukamni topdim. Soʻngra Penza shahrida ogʻir yarador yotgan oʻzbek askari ' Najim Nosirov bilan tanishdim. Keyinchalik u kishi bilan hayot yoʻllarimiz bogʻlandi.
Vera Nosirova turmush oʻrtogʻi sogʻaygach, 1947-yilda u Bekobod shahriga kelib yashay boshlaydi. Soʻng u va turmush oʻrtogʻi Qarshi choʻli oʻzlashtirilishi munosabati bilan shu yerga ishga yuboriladi. Shu-shu Vera Nosirova Qarshi shahrida istiqomat qilib kelmoqda.
Bu yil 100 yoshni qarshilagan onaxon farzandlari, nevara chevaralari ardogʻida baxtli va toʻkis hayot kechirmoqda.
' Uyimga nevara-chevaralarim, qoʻni-qoʻshnilar, turli mehnat jamoalari tez-tez yoʻqlab keladi, ' deydi u. ' Har yili Xotira va Qadrlash kuni bayrami arafasida Prezidentimiz mukofotini olyapmiz. Barcha shart-sharoitlarimizdan, sogʻligimizdan hukumatimizning oʻzi xabarlashib turibdi. Tetikligim, bardamligimning sababi shunda.
“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so
Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b
Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi
Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi oʻzini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deya eʼlon qildi
'Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda Oʻzbekiston oʻzini suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat bilan bir qatorda ijtimoiy davlat deb eʼlon qildi. Inson huquqlari va erkinliklari, shu jumladan ijtimoiy huquqlarni taʼminlash borasida mutlaqo yangi mexanizmlar joriy etildi.Partiyamiz ijtimoiy himoya tizimi kafolatlarini Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishini tarixiy yutuq sifatida baholaydi.Bu shubhasiz, Xalq demokratik partiyasining mamlakatda ijtimoiy adolat, tenglik va ijtimoiy