calendar 04 Jun 02:44
eye 97
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.

Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot barpo etish fikriga keldi. Dastlabki bosqich uchun ajratilgan 3,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ shu maqsadga yoʻnaltirildi. Natijaga 3,5 ming tomoshabin oʻrniga moʻljallangan ikki qavatli tribuna qad rostladi. Maydon holati yaxshilandi. Infratuzilma oʻzgardi. Bir soʻz bilan aytganda, 'qariya' oʻyingoh chinakamiga yoshardi.



' Kogon shahri sport sohasida boy anʼanalarga ega, ' deydi mehnat faxriysi I. Hojiyev. ' Oʻz vaqtida bu goʻshadan boks boʻyicha toʻrt karra Oʻzbekiston chempioni, 1996-yilgi Atlanta olimpiadasi qatnashchisi, 1994-yilgi jahon kubogi sohibi Narimon Otayev, jahon va olimpiada chempioni Shahobiddin Zoirov singari sportchilar yetishib chiqqan. Kogonlik futzalchilar jamoasi nomi ham mamlakatimiz sport muxlislariga yaxshi tanish. Shu nuqtayi nazardan 'Lokomotiv' oʻyingohining tubdan rekonstruksiya qilingani shahrimiz aholisi, ayniqsa, sportsevar yoshlarni behad xursand qildi.

Oʻyingohning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda sportchi oʻgʻil-qizlar oʻz mahoratini namoyish etdi. Tadbir dasturidan oʻrin olgan kuy-qoʻshiqlar barchaga bayramona kayfiyat bagʻishladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
23
0
xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg m

15 Apr 07:05
 
59
0
xs.uz

Qashqadaryoda molxonasiga kannabis ekkan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda viloyat IIB va Koson tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda'ogʻu shaydosining kirdikorlari fosh etildi, deb'xabar bermoqda'viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.Maʼlum qilinishicha, tumanning Saripul mahallasida yashovchi A.J. molxonasida togʻoraga 22 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelgani aniqlangan.'Nam holdagi kannabis oʻsimligining ogʻirligi 35,7 gramm chiqdi', deb yozadi IBB axborot xizmati.Hozirda mazkur holat yuzasidan Koson tum

17 May 21:46
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

18 Apr 11:07
 
62
0
xs.uz

Qashqadaryo viloyatida “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Qayd etilishicha, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4,1 ming AQSh dollari va 32,8 ming Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.Shuningdek, Departamentning Kitob tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimma