calendar 17 May 21:46
eye 4
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oyoq ostidagi neʼmat

image
Har yili may oyida yurtimizda tut gʻarq pishadi. Qora, qizil, oq rang-barang va marvariddek tutlarki, biri-biridan totli, biri-biridan serhosil. Taʼbir joiz boʻlsa, tutni oddiy daraxt emas, xalq daraxti deyish mumkin. Negaki, soyasi ham, mevasi-yu bargi, ogʻochi-yu shohi ham insonga foyda keltiradi. U tez oʻsadi, har qanday tuproqqa moslashadi. Shu sababdan hamma joyga, koʻp hollarda dala va koʻcha chetlariga ekiladi.

Maʼlumotlarga koʻra, bir tup tut daraxti yiliga oʻrtacha 30 ' 50 kg meva beradi. Afsuski, shu hosilning bir qismini qushlar yeyishi hisobga olinmaganda deyarli hammasi yerga toʻkiladi. Natijada toʻkilgan tutlarni odamlar, mashinalar, chorva mollari bosib oʻtadi. Chunki yoʻl, yoʻlak chetidagi tut borki, hosili oyoq osti boʻladi. Lekin yoʻldan holi joylarda toʻkilgan tutlarni uvol boʻldi, deyish notoʻgʻri. Boisi, ular qurt-qumursqa va boshqa jonivor-u hasharotlarga yemish boʻladi. Tabiatda hech narsa bejiz yaratilmagan. Tut ham ekotizim va ozuqa zanjirining uzviy va faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Ammo shu oʻrinda savol tugʻiladi: tut mevasini ham daromad keltiruvchi mahsulotga aylantirsak boʻlmaydimi? Eh-he, har yili tut pishigʻida qancha meva isrof boʻlyapti? Axir tut mevasidan xonadonlarimizda azaldan qoqi tayyorlash, murabbo, sharbat tayyorlanadi-ku?! Ayni xalqona texnologiyalar, sanoat asosida qayta ishlash yoʻlga qoʻyilsa boʻlmaydimi? Albatta, buning uchun tutlarni tanlab ekishga ham eʼtibor bermoq kerak. Ularni joylashtirishda ham hosilining uvol boʻlmasligi hisobga olinmogʻi lozim. Bunda shu kunlarda Toshkent va Guliston bozorlarida sotilayotgan Sayxunobod tutlari andoza qilib olinsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Eʼtirof etish kerakki, Sayxunobod tumanidagi koʻplab oilalar bogʻlaridagi balx tuti kabi mazkur nabotot turining noyob navli daraxtlarining mevasini yerga tushirmay terib olib, bozorlarga chiqaradi. Tutdan qoʻshimcha daromad topadi. Mazkur tuman atrof javonibda haqli ravishda 'Tut markazi' deb taʼriflanadi.

Tutning foydasi katta. Uning bargi toʻqimachilik sanoatida milliy brendimizga aylangan atlas va adrasimiz ipagi paydo boʻlishining bosh omilidir. Yogʻochidan turli duradgorlik buyumlari yasaladi, soyasi ' oromijon. Faqat yuqorida keltirilganidek, kelgusida yurtimizda tut hosili nobud boʻlishi, eng achinarlisi, ushbu shirin- sharbat neʼmatning koʻchalarga toʻkilib uvol boʻlmasligiga eʼtibor qaratsak, maqsadga muvofiq boʻlardi.

Sevara RASULOVA,

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti 1-bosqich talabasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
95
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v

24 Mar 13:25
 
106
0
xs.uz

Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j

24 Mar 13:25
 
595
0
xs.uz

Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi

Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:Shayxontohur tumani

24 Mar 13:25
 
84
0
xs.uz

Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin'sodir boʻlgan.FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.Shunin