calendar 24 Mar 13:25
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi

image
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin'sodir boʻlgan.

FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.

Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.

Shuningdek, 23-mart kuni soat 22:09 da Oʻzbekiston tumani 'Oqtepa' MFY hududida joylashgan transformatorning moyida yongʻin'kelib chiqqan.

Yongʻin-qutqaruvchilari hodisa yuz bergan hududga soat 22:14 da yetib borib, 22:21 da yongʻin bartaraf etgan.

FVBga koʻra, alanga tufayli hech kim jabrlanmagan.

Hozirda har ikki holatda ham yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
60
0
xs.uz

Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti boʻlib oʻtdi

4-aprel kuni Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 'Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi' birinchi sammiti bo'lib o'tdi.Tadbirda Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ha

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

16 Apr 09:11
 
29
0
xs.uz

16-aprel kuni ayrim hududlarda momaqaldiroq boʻlishi, yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 22-24 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlik

22 Mar 08:54
 
62
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi yangi bogʻda koʻchat ekdi

'Atrof-muhitni asrash va 'yashil iqtisodiyot' yilida ko'chat ekib, yashillik yaratish ko'lami kengaydi. Poytaxtimizning Bektemir tumanida yana bir bog'ga asos solindi.Prezidentimiz davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga bu yerda ko'chat ekdi.Iykota, Majnuntol, Zilola, Rohat va Iqbol mahallalari orasidagi bu hudud avval qarovsiz joy edi. Elning birligi bilan yana bir yashil makon, aholi hordiq chiqaradigan park paydo bo'lmoqda. Uch gektarlik hududga o'rmon konsepsiyasi asosida