Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi yangi bogʻda koʻchat ekdi

Prezidentimiz davlat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari bilan birga bu yerda ko'chat ekdi.
Iykota, Majnuntol, Zilola, Rohat va Iqbol mahallalari orasidagi bu hudud avval qarovsiz joy edi. Elning birligi bilan yana bir yashil makon, aholi hordiq chiqaradigan park paydo bo'lmoqda. Uch gektarlik hududga o'rmon konsepsiyasi asosida uch ming tup daraxt va buta ko'chatlari ekildi. Ularning sug'orilishi va parvarishiga mas'ullar biriktirildi.
Mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy muloqot bo'ldi. Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillariga ushbu xayrli tashabbusga hissa qo'shayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.''Barchani kirib kelayotgan Navro'z bayrami bilan tabrikladi.
Prezident farmoyishi bilan e'lon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda dehqonchilik va obodonlashtirish ishlari safarbarlik bilan olib borilmoqda.
Bahorda 125 million tup ko'chat ekilishi mo'ljallangan. Bunda ekin joylarini to'g'ri tanlash, sug'orishni yaxshilashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yangi bog'da ekilgan ko'chatlar ana shu ezgu amalning davomi bo'ldi.
'Atrof-muhitni asrash va 'yashil iqtisodiyot' yili davlat dasturiga muvofiq, bu yil ko'chatchilikka ixtisoslashgan 18 ta o'rmon xo'jaligi tashkil qilinadi. Ularda 'ilm-loyiha-amaliyot' tamoyili asosida genetik seleksiya ishlari kuchaytirilib, plantatsiyalar kengaytiriladi. 'Yashil olam' platformasi ishga tushirilib, ko'chatlarni onlayn sotib olish yo'lga qo'yiladi.
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal
Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda
Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg
Toshkent shahrida “Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
2025-yil 17-18-aprel kunlari Toshkent shahrida 'Vakillik hokimiyati organlari tizimini modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy muammolari: Oʻzbekiston uchun xalqaro tajriba' mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Anjumandan kutilayotgan maq
Hayotini gazetaga bagʻishlagan fidoyi jurnalist
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Qoʻshtepa tumani hokimligi bosh nashri 'Istiqbol yoʻli' gazetasi bosma davriy nashrlar jiddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz boʻlayotgan keyingi yillarda muntazam ravishda nashr etib kelinayotgani eʼtiborga molik. Boisi, tanqidiy chiqishlari, qilichdek keskir soʻzi bilan tanilgan gazetaning doimiy oʻquvchilari bor.Oʻttiz yildan buyon ijodiy jamoani ahil-inoqligini taʼminlab kelayotgan 'Mehnat shuhrati' ordeni sohibi Xadichaxon Karimovaning mehnat faoliyati