calendar 23 Mar 16:43
eye 34
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda

image
Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.

Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan boʻlib, ishtirokchilar oʻz mamlakatlarida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar va ularning yechimlari boʻyicha ilmiy taqdimotlar bilan qatnashmoqdalar.

Shuhrat Valiyev mazkur xalqaro tadbir doirasida 'Oʻzbekiston yaylovlari va choʻllanish muammolari' mavzusida taqdimot qilishni rejalashtirgan. Taqdimotda Oʻzbekiston hududida kuzatilayotgan choʻllanish jarayoni, uning sabab va oqibatlari, yaylovlarning degradatsiyasi va ularning tiklanishi uchun qoʻllanilayotgan ekologik chora-tadbirlar haqida atroflicha soʻz yuritiladi.

Shuningdek, Shuhrat Valiyev taqdimoti davomida Oʻzbekistonning iqlim oʻzgarishiga moslashish strategiyalari, barqaror ekotizimlarni saqlash va tabiatga asoslangan innovatsion yechimlar toʻgʻrisida ham maʼlumot berishi kutilmoqda. Ushbu maʼruzalar xalqaro ekspertlar tomonidan muhokama qilinib, ekologik muammolarni hal etishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Samarqand davlat universiteti dotsentining ushbu ilmiy loyiha doirasidagi ishtiroki mamlakatimiz ekologiya sohasidagi ilmiy yutuqlarini xalqaro maydonda targʻib etish, xorijiy olimlar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va ekologik muammolarni hal etishda ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Behruz SHAMSIDDINOV,

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati xodimi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
28
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo

20 Mar 12:54
 
32
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

22 Mar 08:54
 
31
0
xs.uz

Toshkent viloyatida Navroʻz katta tantana bilan nishonlandi — Fotoreportaj

Toshkent viloyatida 'Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayli shaklida tashkil etilgan Navroʻz umumxalq bayram tantanalari koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.​​Bayram doirasida katta sayl, maydon tomoshalari oʻtkazildi. Shuningdek, milliy taomlar festivali, pavilyonlar oʻrtasida turli qiziqarli bellashuvlar tashkil qilindi.​​​​​Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlangan tantanali bayram dasturi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barch

19 Feb 00:20
 
67
0
xs.uz

OTM bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, 'Kelajakka qadam' dasturi amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu dastur bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvchanligini oshirish, ularni ish bilan taʼminlash hamda oʻz biznes loyihalarini yoʻlga qoʻyishlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan.Dastur doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan oliy taʼlim muassasalari b