calendar 20 Mar 12:54
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

image
Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.

Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.

'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qoʻyganlar uchun 'birinchi imkoniyat' tamoyili joriy etiladi. Yaʼni, ilk bor maʼmuriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, kamchilikni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.

Bir soʻz bilan aytganda, yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun 'javobgarlikdan sugʻurtalangan' boʻladi', dedi Prezident.

Hozirda barcha toifadagi tadbirkorlarga faoliyatini tugatish uchun bir xil talab belgilangan. Yaʼni, kattami-kichikmi, barchasi moliyaviy auditdan oʻtishga majbur. Oqibatda, ixtiyoriy tugatishga ariza bergan minglab kichik korxonalar qachon tekshiruvchi kelib, auditdan oʻtkazishini kutib turibdi.

Shu bois bu jarayon ham soddalashishi eʼlon qilindi. Oxirgi uch yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan oshmagan, soliqdan qarzi boʻlmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv oʻtkazilmaydi.

2028-yil 1-yanvarga qadar QQS va foyda soligʻi stavkasi oshirilmasligi belgilab qoʻyilgan.

'Endilikda kichik va oʻrta biznesga qoʻshimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy eʼlon qilinadi.

Fermerlar uchun ham muhim yangilik ' soliqdan qarzini vaqtida toʻlay olmagani uchun shu paytgacha yigʻilib qolgan 1 trillion soʻmlik penyani undirishdan voz kechiladi.

'Dunyoda sunʼiy intellekt, innovatsiya, raqamli va yashil texnologiyalar, kreativ xizmatlar orqali 'katta sakrash' boʻlayapti.

Yurtimizning betakror tabiati, togʻ va yaylovlari, tarixiy obidalari ' kino industriyasi, konsert-tomosha faoliyati va turizmda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyat', dedi davlatimiz rahbari.

Masalan, 'Ichan qalʼa' tarixiy kino va serial olish uchun tayyor sahna. Koʻp davlatlar bunday sahna pavilyoni qurishga millionlab dollar sarflayapti.

Yoki, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qoʻqon, Namangan kabi yirik shaharlarimizda xalqaro koʻrgazma, forum va konsertlar oʻtkazish uchun barcha imkoniyatlar bor.

'Men ham mana shunday sohalarda loyiha qilaman, degan intiluvchan tadbirkorlarga eng qulay sharoitlar yaratib berishga tayyorman', dedi davlatimiz rahbari.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
10
0
xs.uz

Uchqoʻrgʻon osmonida zamonaviy havo shari

Qudratilla NAJMIDDINOV/'Xalq soʻzi'. Uchqoʻrgʻon tumanida turizm sohasi jadal rivojlanmoqda. Norin daryosi yoqasida joylashgan ushbu hududning xushmanzara maskanlari va soʻlim tabiati bu yerda ekosayyohlikning katta imkoniyatlarini yaratgan. 2500 gektar maydondagi qulupnayzorlar, 30 sotix yerdagi golubika paykali, katta havzalarda parvarishlanayotgan forel baliqlarini tomosha qilish kishiga ajoyib his-tuygʻularni baxsh etadi.Yaqinda yakka tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkor Akramjon Rahi

16 Apr 15:12
 
6
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

16 Apr 15:12
 
25
0
xs.uz

Issiqxonalarni namunaviy tashkil qilgan mahalla raislariga 100 foiz ustama beriladi

Joriy yildan boshlab tomorqadan foydalanish boʻyicha yangi tizim ishlamoqda. Masalan, Asaka tumani Otash mahallasidagi 810 ta xonadondan 805 tasida issiqxona bor, ularda yiliga 3-marta hosil olinayapti. Xuddi shunday, Obod mahallasidagi 922 ta xonadon egalari issiqxonalardan samarali foydalanyapti.Viloyatdagi qolgan 907 ta mahallada ham bu tajribadan unumli foydalanish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga Asakadagi mahallalarga arzon urugʻ va mineral oʻgʻit yetkazib berish tizimini butun re

28 Feb 01:18
 
49
0
xs.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyodda Xalqaro gumanitar forumda ishtirok etdi

2025-yil 24-25-fevral kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 4-Xalqaro gumanitar forum boʻlib oʻtdi. Unda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov rahbarligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.KSrelief va BMT tomonidan tashkil etilgan ushbu forum global gumanitar muammolarni muhokama qilish, insonparvarlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Tadbirda xalqaro tashkilotlar va