calendar 28 Feb 01:18
eye 71
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyodda Xalqaro gumanitar forumda ishtirok etdi

image
2025-yil 24-25-fevral kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 4-Xalqaro gumanitar forum boʻlib oʻtdi. Unda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov rahbarligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.

KSrelief va BMT tomonidan tashkil etilgan ushbu forum global gumanitar muammolarni muhokama qilish, insonparvarlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan. Tadbirda xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar hamda davlat arboblari qatnashdi.

Forumning 'Reabilitatsiya va reintegratsiya: qiyinchiliklarni yengish va imkoniyatlarni izlash' sessiyasida soʻzga chiqqan Eldor Aripov Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan 'Mehr' insonparvarlik missiyasi doirasida qurolli mojarolar hududlaridan qaytarilgan fuqarolarni ijtimoiy moslashtirish boʻyicha milliy tajribani taqdim etdi. 2019-yildan beri davom etayotgan ushbu missiya orqali 530 dan ortiq fuqaro, asosan ayollar va bolalar vataniga qaytarilgan.

Qayd etilishicha, qaytgan fuqarolar uchun keng qamrovli reabilitatsiya dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, u tibbiy, ruhiy va ijtimoiy yordamni oʻz ichiga oladi. Ushbu model xalqaro ekspertlar tomonidan samarali yechim sifatida eʼtirof etilgan.

Tadbir davomida SMTI rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengashi faoliyati haqida maʼlumot berdi. 2024-yildan boshlab BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi homiyligida ish boshlagan ushbu kengash sud-huquq masalalari, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ekstremistik fikrlarga qarshi kurashishda oʻzaro tajriba almashishga xizmat qiladi.

Forumda Mintaqaviy ekspertlar kengashini xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu markaz global standartlarni ishlab chiqish, reabilitatsiya dasturlarini takomillashtirish va mojarolar qurbonlarini jamiyatga qayta qoʻshishga koʻmaklashish bilan shugʻullanadi.

KSrelief tomonidan ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan Ar-Riyod Xalqaro gumanitar forumi gumanitar sohadagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan amaliy yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
33
0
xs.uz

“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da

15 Jun 20:14
 
84
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

15 Jun 20:14
 
85
0
xs.uz

Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash

31 May 08:49
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz