calendar 16 Apr 15:12
eye 85
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident masʼullarga “Doʻstlik” postidagi tirbandlikni bartaraf etish vazifasini topshirdi

image
Andijonda oʻtayotgan yigʻilishda investitsiya va eksport masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻtgan uch yilda viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimlari xorijiy investorlar bilan 600 dan ziyod kelishuvga erishgani bilan, ularning atigi uchdan biri loyihaga aylangani tanqid qilindi.

Oʻtgan yili kiritilgan investitsiyalarning yarmidan koʻpi Baliqchi, Buloqboshi, Andijon tumani va shahriga toʻgʻri keladi. Paxtaobod, Izboskan va Shahrixonda bu 50 million dollarni tashkil etgan, xolos.

Mutasaddilarga elektron platforma yaratib, xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar roʻyxatini yuritish, ular koʻtargan har bir masala boʻyicha aniq ijrochilarni belgilab, kunlik nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Har yili Andijondan Qirgʻizistonga 200 million dollarlik eksport amalga oshirilmoqda.

Qoʻrgʻontepa va Xoʻjaobodda ham xuddi Afgʻoniston chegarasidagi kabi erkin savdo va sanoat zonalari tashkil etish muhimligi taʼkidlandi. Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan maslahatlashgan holda ushbu ikkita hududdan bittasini tanlab, master-reja ishlab chiqish topshirildi.

Xoʻjaoboddagi 'Doʻstlik' postidagi katta tirbandlikdan aholi ham, tashuvchilar ham norozi ekaniga eʼtibor qaratildi. Masʼul vazirlik va idoralar oldiga tirbandlik sababini oʻrganib, tez fursatda buning yechimi boʻyicha taklif berish vazifasi qoʻyildi.

'Oʻzbekiston-Qirgʻiziston-Xitoy' temir yoʻlini qurish boʻyicha yirik loyiha ishga tushishi natijasida tashish muddati 1 haftaga, masofasi 1 ming kilometrga qisqaradi, yuk tashish 10 barobar oshadi.

'Lekin, ichki temir yoʻl tarmoqlarimiz, bojxona punktlari, stansiyalar bu yukni qabul qilish va oʻtkazishga qanchalik tayyor?', deya savol qoʻydi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilarga bu boradagi hisob-kitoblarni qilib, amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha dastur tayyorlash topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
24
0
xs.uz

Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe

31 May 08:49
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta

12 Apr 21:15
 
48
0
xs.uz

Koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar dunyoqarashini haligacha oʻzgartirmagan — Prezident

Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflarda 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.Oʻtgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi.Shularni hisobga olib, 2025-yilda:Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya'keldi.'Lekin koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar 'investitsiya oʻzi boʻlaveradi', degan fikr bilan yuri

13 May 14:37
 
25
0
xs.uz

Sifatli taʼlim qaygʻusi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang