“Noodatiy faktlar, fikrlar hamda remontadaga ishonch”: Real Madrid 61-yillik sovuq anʼanasiga nuqta qoʻya oladimi?

Yarim final yoʻllanmasi uchun kurashgan Angliyaning 'Aston Villa' hamda Fransiyaning 'PSJ' jamoalari oʻrtasidagi bahs ham shiddatli kechdi. Ushbu klublar oʻrtasidagi dastlabki oʻyin 3:1 hisobida parijliklarning qoʻli baland kelgan edi. Javob oʻyinida Angliya klubi kambek amalga oshirishi uchun bir gol yetmadi xolos. Bahs 3:2 hisobida mezbonlar ustunligida yakunlandi, biroq ikkala oʻyin natijasiga koʻra 4:5 hisobida 'PSJ' klubi foydasiga hal boʻldi.
Shu tariqa YECHLning dastlabki yarim finalchilari aniq boʻldi. Ularning yarim finaldagi raqiblari bugun boʻlib oʻtadigan 'Real Madrid' ' 'Arsenal' va 'Inter' ' 'Bavariya' bahsidan soʻng maʼlum boʻladi.
Yarim finalda 'Barselona' bugun boʻlib oʻtadigan 'Inter' ' 'Bavariya' uchrashuvi gʻolibiga qarshi saf tortadi. 'PSJ' esa 'Arsenal' ' 'Real Madrid' oʻrtasidagi bahs gʻolibiga qarshi final yoʻllanmasi uchun maydonga tushadi.
Qizigʻi shundaki, yakuniga yetgan dastlabki chorak final bahslarining ikkisida ham birinchi uchrashuvda magʻlubiyatga uchragan jamoalar, uy oʻyinlarida gʻalaba qozonishdi. Biroq dastlabki oʻyinda oʻtkazib yuborilgan gollar hisobiga yarim final yoʻllanmasidan quruq qolishdi.
Koʻplab futbol muxlislari hamda mutaxassislar bugun boʻlib oʻtadigan navbatdagi yarim final yoʻllanmasi uchun kurashlarni ham qizgʻin oʻtishini taxmin qilishmoqda. Sababi 'Real Madrid' klubi safarda 'Arsenal'dan javobsiz uchta gol oʻtkazib yuborgan. Qirollik klubi remontada amalga oshirishlari uchun 'Arsenal' darvozasiga javobsiz eng kamida uchta gol kiritishlari talab etiladi.
Braziliya terma jamoasi hamda 'Real Madrid' klubi hujumchisi Vinisius Junior mazkur javob oʻyini oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
'Biz hozir atrof-muhit haqida oʻylayapmiz. Jamoamiz tayyor va javob oʻyinini intizorlik bilan kutishmoqda. Sizni Bernabeuda kutamiz va qoʻlimizdan kelganini qilishga harakat qilamiz. Axir biz Real Madridmiz', ' deydi hujumchi.
'Arsenal' jamoasi murabbiyi Mikel Arteta ham 'Real Madrid'ga qarshi javob oʻyini oldidan oʻz fikrlarini bildirdi.
'Kambek boʻlishi mumkinligi haqida koʻp eshitdim. Biz buni tushunamiz. Kambek Madrid klubi tarixining bir qismiga aylanib ulgurgan. Ularda har xil ssenariylar boʻlishi mumkin. Lekin bu borada bizning fikrimiz boshqacharoq, biz qaysi jihatlarda raqibimizdan ustun boʻlishimiz mumkinligi haqida oʻyladik hamda tayyorgarlik koʻrdik. Oʻz soʻzimizni maydonda aytganimiz maʼqul, eng muhimi ham shu', ' deydi mutaxassis.
Bir nechta yirik nashrlar, 'Real Madrid' hamda 'Arsenal' jamoalari oʻrtasidagi javob oʻyinida 'Santyago Bernabeu' tribunalarida noodatiy muhit namoyon boʻlishi haqida yozmoqda.
Unda aytilishicha, qirollik klubi muxlislari 'Arsenal'ga qarshi oʻyin oldidan stadion tribunasida YECHL kubogini ushlab turgan qirol va uning ostida 'Man Siti' hamda 'Atletiko Madrid' klublarining ramziy ranglariga burkangan yumaloq tangasimon shakllar aks etgan yirik banner tortishadi.
Bildirilishicha, ushbu bannerdagi tasvirlar Madrid klubi tarixidagi eng muhim pallalarda kambek qilib, keyingi bosqich yoʻllanmasini hal qilgani bilan bogʻliq. 'Man Siti' va 'Atletiko Madrid' jamoalari aynan YECHL doirasidagi ilk oʻyinlarda 'Real Madrid' ustidan gʻalabaga erishgan boʻlsalar-da, javob oʻyinida kambek qurboniga aylanishgan. Muxlislar bannerdagi eslatmalar jamoaga ruhan kuch bagʻishlashini hamda kambek amalga oshirishda yordam berishiga ishonmoqda.
Mazkur bahs bilan bogʻliq bir qancha qiziqarli faktlar ham mavjud. Jumladan, qirollik klubi hech qachon 'Arsenal' ustidan gʻalabaga erisha olmagan. London klubi esa birinchi oʻyinda 3+ gol farqi bilan gʻalaba qozongan oʻyinlarning hech birida yevrokuboklardan chiqib ketmagan. Bundan tashqari, 'Arsenal' ketma-ket 78 oʻyindan buyon bir oʻyinda ikkitadan ortiq gol oʻtkazib yubormagan.
'Real Madrid' klubi esa aksincha, YECHLdagi uy-safar oʻyinlarining ilk bahslarida 3+ gol farqi bilan magʻlub boʻlgach, hech qachon kambek amalga oshira olmagan hamda turnirni tark etgan. Qirollik klubining bu sovuq anʼanasi 61-yildan buyon davom etib kelmoqda. Jumladan, 'Real Madrid' 1964/65-yilgi mavsumda 'Benfika'ga qarshi 5:1, 1986/87-yilgi mavsumda 'Bavariya'ga qarshi 4:1, 2012/13-yilgi mavsumda esa 'Borussiya D'ga qarshi 4:1 hisobidagi magʻlubiyatlardan soʻng kambek amalga oshira olmagan.
Yevropa Chempionlar ligasi yarim finali yoʻllanmasi uchun kurashadigan navbatdagi juftlik Italiyaning 'Inter' hamda Germaniyaning 'Bavariya' klublari boʻlib, ushbu jamoalar oʻrtasidagi ilk oʻyin 2:1 hisobida 'Inter'ning gʻalabasi bilan yakunlangan. Oʻz uyida magʻlubiyatga uchragan 'Nemis mashinasi' endilikda safarda Italiya grandini magʻlub etishi kerak boʻladi.
'Real Madrid' ' 'Arsenal' hamda 'Inter' ' 'Bavariya' oʻrtasidagi bahslarda favorit jamoalar kambek qilishlari talab etiladi. Yoʻqsa Yevropaning ikki grand klublari turnirni tark etishi muqarrar. Mazkur uchrashuvlar, bugun, Toshkent vaqti bilan 00:00 da parallel ravishda start oladi.
Otabek SAIDAHMADOV 'Xalq soʻzi'
Toshkentda dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi
Toshkent shahri markazida joylashgan 17-sonli umumtaʼlim maktabi hududida dzyudoga ixtisoslashgan yangi sport zali foydalanishga topshirildi. Mazkur inshoot Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 'Dzyudo sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 286-sonli qaror hamda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), Maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi vazirligi, Sport vazirligi va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asos
“Mergan o‘qchi” turniri g‘oliblari aniqlandi
Vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan xabar berishlaricha, 'Navro'z' umumxalq bayramiga bag'ishlab uyushtirilgan ushbu musobaqada 10 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar ishtirok etdi.Bahslar yakkalik tarzda ' yigitlar va qizlar bellashuvidan iborat bo'lib, unda ishtirokchilar pnevmatik miltiq hamda to'pponchadan foydalangan holda 20 marotabadan nishonlarga qarata o'q uzishdi.Har bir bosqich bo'yicha ishtirokchilarning qo'lga kiritgan natijalari hakamlar hay'ati tomonid
BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ
Sportga qadam qo‘ygan har bir yosh yigit-qizning bir orzusi bor: u ham bo‘lsa chempion bo‘lish, jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish.Azizbek orzusiga yetishish uchun tinmay harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan Azizbek Bahodirov 2–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha «O‘zbekiston kubogi» uchun kurashilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida f
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi