calendar 16 Apr 15:12
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda soʻnggi sakkiz yilda hududda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi.

'Kecha yarmarkada koʻrdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham koʻp. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez oʻzlashtirsak, iqtisodiyotni yangi texnologik bosqichga oʻtkazishda eng muhim qadam boʻladi', dedi davlatimiz rahbari.

Masalan, Buloqboshidagi 'Molekulyar kimyo' korxonasi respublikada yagona boʻlgan boʻyash dastgohlarini ishlab chiqarishni boshlagan. Mutasaddilar yana 10-15 ta shunday tadbirkorni topib, ularga sharoit qilib bersa, vaziyat mutlaqo oʻzgarishi taʼkidlandi.

Afsuski, bunday tadbirkorlarga uskunasi uchun sertifikat olish, roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni qiyinligi, uzoq vaqt talab qilgani sababli ular loyihalarga pul tikishdan xavfsirayapti. Masʼullarga ular bilan yaqin muloqot oʻrnatish va loyihalariga koʻmaklashish topshirildi.

Bundan tashqari, mashinasozlik-konstruktorlik ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish Andijondan boshlanishi belgilandi.

Jumladan, tarmoqlar rahbarlari toʻqimachilik, charm-poyabzal, mebel, avtomobilsozlik kabi 'drayver' sohalarda talab yuqori boʻlgan kamida 5 turdagi import uskunasining texnik koʻrsatkichini oʻrganadi. Ularning konstruktorlik yechimlarini mahalliy korxonalarga taklif qiladi. Bunday uskunalarni mahalliylashtirish istagidagi tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.

Oltinkoʻldagi tadbirkor zovurni yopiq tizimga oʻtkazib, 1,1 gektarda 20 ta savdo va servis obyekti qurgan. Tuman hokimlari hech boʻlmaganda 30 kilometr zovurni shu tizimga oʻtkazsa, 1 mingta savdo-servis obyekti, 10 ming ish oʻrni yaratish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan mutasaddilarga butun respublika boʻyicha trassa boʻyidagi kamida 300 kilometr zovurlarni belgilab, tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi. Yil yakunigacha Oltinkoʻl tajribasi asosida 10 mingta savdo-servis joyi va 100 mingta ish oʻrni yaratilishi belgilandi. Shuningdek, viloyatdagi 21 ming gektar adirni 13 ming gektariga suv chiqarib, ekin ekish mumkin. Mutasaddilarga respublikadagi barcha qir va adirlardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Bunday yerlarga suv chiqarishda nasos ishlatish uchun elektr energiyasi narxi dehqonlarga ogʻirlik qilishini inobatga olib, quyosh paneli oʻrnatish uchun moliyaviy instrumentlarni tezroq ishlatish shartligi koʻrsatib oʻtildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
62
0
xs.uz

Samarqandda turizm qishloqlari koʻpaymoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Bulungʻur tumanida 19 ta arxeologik, 6 ta arxitektura madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, sayyohlar diqqatini tortadigan ushbu joylar turizm maskaniga aylantirilmoqda. Tumandagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi, Sheroz qalʼa yodgorligi joylashgan 'Erganakli' mahalla fuqarolar yigʻini ham tabarruk manzillardan hisoblanadi. Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohiga olib boruvchi 5,5 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 6,5 kilometr ichimlik suvi

21 Apr 08:33
 
53
0
xs.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho

31 May 08:49
 
5
0
xs.uz

O‘zbekistonlik kardiojarrohlar amerikalik mutaxassislar bilan noyob jarrohlik amaliyotiga qo‘l urdi

Avvallari, koronar arteriyalar (yurak qon tomirlari) chuqur va ko'p joydan zararlangan bemorlarda mini invaziv jarrohlik usullarini amalga oshirish deyarli imkonsiz edi. Ammo, endi buning imkoni bor. Markazda amerikalik shifokorlar bilan birgalikda o'zbekistonlik kardiojarrohlar tomonidan qon tomirlardagi kalsiyli to'planmalarni xavfsiz tarzda parchalash imkonini beruvchi innovatsion lazerli litotripsiya usuli amalga oshirildi va qon aylanishini tiklaydigan stentlar muvaffaqiyatli o'rnatildi.Alb

17 May 21:46
 
20
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala