' Tuman hokimining qarori bilan Sheroz qalʼani qayta tiklash uchun 4 gektar maydon ajratildi, ' deydi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi va Sheroz qalʼa yodgorligi rahbari Narzulla Qoraboyev. ' Qalʼa mukammal qurilgan. Bu yerda Amir Temurning qarorgohi, harbiy askarlar uchun oshxona va koʻplab xonalar boʻlgan. Qalʼa qamalda qolgan paytlar Bulungʻur arigʻidan suv olish uchun yashirin yoʻldan foydalanilgan. Sheroz qalʼa tarixini toʻliq oʻrganish, qazish ishlarini olib borish, topilgan noyob topilmalarni restavratsiya qilish borasida loyihalar tayyorlanmoqda.
Joriy yilda Madaniy meros agentligi tomonidan Xoʻja Hofiz Merosiy maqbarasi hamda Sheroz qalʼa majmuasida qurilish-taʼmirlash va tadqiqot ishlarini olib borish maqsadida 14 milliard soʻm mablagʻ ajratilgani eʼtiborga molik.
' Shu kungacha Sheroz qalʼaga olib boriladigan 13 kilometr yoʻlga asfalt yotqizildi. 2,5 kilometr ichimlik suvi, 3,5 kilometr elektr energiyasi tarmoqlari tortilib, 29 dona yoritish chiroqlari oʻrnatildi, ' deydi Tuman hokimining oʻrinbosari Azizbek Boʻriboyev. ' Arxeologik qazishma vaqtida temuriylar davriga xos noyob yodgorliklar topilgan yerning tom qismi yopildi. Qalʼa hududida bitta avtoturargoh, 1,5 kilometr salomatlik yoʻlakchalari hamda Bulungʻur arigʻi ustiga koʻprik qurildi. Viloyatimizning boshqa tabarruk manzillarida ham bu yoʻnalishdagi ishlar davom etmoqda.
Andijonda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan yigʻilishda soʻnggi sakkiz yilda hududda dastgohsozlik sanoati 20 karra oʻsgani qayd etildi.'Kecha yarmarkada koʻrdim. Viloyatda bu borada katta maktab shakllanib ulgurdi, yangi korxona qilaman, degan tadbirkorlar ham koʻp. Lekin ikki yilda viloyatga chetdan 1 milliard dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. Ularni ishlab chiqarishni qancha tez oʻzlas
Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'
Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oli
Mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan seminar tashkil etildi
2025-yil 27-fevral kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar oʻtkazdi.Tadbirda senatorlar, ekspertlar, mahalliy Kengashlar kotibiyati va doimiy komissiyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.Seminarda mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini kuchaytirish, qonunlarni ishlab chiqish v