calendar 19 Feb 00:20
eye 97
comments 0
comments Manba: xs.uz

OTM bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashuvchi “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi

image
Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida Prezidentning 2025-yil 14-fevraldagi qaroriga muvofiq, 'Kelajakka qadam' dasturi amalga oshirilishi belgilandi. Ushbu dastur bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvchanligini oshirish, ularni ish bilan taʼminlash hamda oʻz biznes loyihalarini yoʻlga qoʻyishlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan.

Dastur doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun maxsus yoʻnalishlar ishlab chiqiladi. Ularga biznes gʻoyalarini tayyor loyiha darajasiga yetkazishda toʻliq koʻmak beriladi. Bunda, bitiruvchilar uchun qulay moliyalashtirish mexanizmlari joriy qilinib, ularning tadbirkor sifatida shakllanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi va quyi bosqich talabalariga sohaga mos ravishda ochiq tanlovlar tashkil etiladi. Ushbu tanlov gʻoliblari munosib ish oʻrinlari bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan. Bu orqali bitiruvchilarning amaliy tajribasini oshirish hamda mehnat bozoridagi ehtiyojlarga mos ravishda mutaxassislik tanlashlari ragʻbatlantiriladi.

Dasturga muvofiq, salohiyatli ish beruvchi tashkilotlarning oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojlari tahlil qilinib, mutaxassislik boʻyicha talablar shakllantiriladi. Ish beruvchilarning buyurtmalariga koʻra tanlov gʻoliblari uchun maxsus kasbiy oʻquv dasturlari ishlab chiqiladi. Ushbu dasturlar moliyalashtirilib, bitiruvchilarga ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot oʻtash va xorijdagi oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli oʻquv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

'Kelajakka qadam' dasturi yosh mutaxassislarning ish topish jarayonini yengillashtirish, kasbiy rivojlanishlarini qoʻllab-quvvatlash va ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan boʻlib, kelajakda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yuqori malakali kadrlar yetishtirishga xizmat qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
13
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva va XMT Bosh direktori Jilber Ungbo uchrashuvida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Uchrashuvda XMT bilan har yili mehnat huquqlari va boshqa yoʻnalishlarda imzolanayotgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Bu boradagi amaliy faoliyat mamlakatda munosib mehnat tamoyillarining mustahkam qaror topishiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Xususan, Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan islohotlar XMTning ustuvor yoʻnalishlari va asosiy tamoyillari bilan toʻliq uygʻun ekani alohida eʼtirof etildi.Shuningdek, tomonlar 'Strategiya ' 2030' doirasida Oʻz

13 May 14:37
 
129
0
xs.uz

IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka

17 May 21:46
 
42
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyaga boradi

19-22-may kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniya Respublikasiga rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.O'zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga keladi.Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.Kun tartibidan ikki mamlakat o'rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalala

31 May 08:49
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta