calendar 24 Mar 13:25
eye 400
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi

image
Toshkent shahrining Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda poytaxtni issiq suv bilan taʼminlovchi issiqlik taʼminoti operatori ' 'Veolia Energy''maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 24-mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:

Shayxontohur tumani

Olmazor tumani

Chilonzor tumani

Yunusobod tumani

Bildirilishicha, sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilmoqda.

Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvur tizimlariga yuklama qisqa muddatli oshiriladi, bu esa issiq suv yoʻllar va trotuarlarga chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.

'Haydovchilar, piyodalar, maʼmuriy binolardan foydalanuvchilar va turar-joy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish soʻraladi!' deyilgan xabarda.

Nosozliklar boʻyicha quyidagi raqamga xabar berishingiz mumkin: 78 129-01-85


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi

Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.

23 Mar 16:43
 
52
0
xs.uz

Samarqand davlat universiteti dotsenti xalqaro loyihada qatnashmoqda

Samarqand davlat universiteti oʻsimliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti Shuhrat Valiyev Hindistonda oʻtkazilayotgan 'Barqaror ekotizimlar va jamiyatlar uchun tabiatga asoslangan yechimlar' nomli xalqaro loyihada ishtirok etmoqda.Mazkur loyiha BMT va Hindiston oʻrmon xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 15 davlatdan 19 nafar olim qatnashmoqda. Ushbu nufuzli anjuman ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida dolzarb muammolarni hal etishga qaratilg

21 Apr 08:34
 
328
0
xs.uz

“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke

20 Mar 12:54
 
61
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo