calendar 21 Apr 08:34
eye 1076
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

image
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.



Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy kengash yig'ilishida bildirilgan takliflar ijrosi doirasida 'Tarbiya' fani orqali yosh avlod ongida halollik, vijdon, insof, haqiqatparastlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.



Qo'mitalar tomonidan mazkur fanning davlat ta'lim standartlari, malaka talablari va o'quv dasturlarini takomillashtirish bo'yicha tuzilgan Ishchi guruh takliflari yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev taqdimot qildi. Unda 'Tarbiya' fani dasturlariga o'quvchilarda halollik, to'g'rilik, ishonch, sadoqat, rostgo'ylik va insoniylik kabi fazilatlarni uyg'otishga qaratilgan mavzular kiritilayotgani ta'kidlandi.



Shuningdek, majlis ishtirokchilari tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni mustahkamlash, shaxsiy fikrni erkin bayon qilish, sog'lom munosabatlar o'rnatish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish kabi qo'shimcha mavzularni dasturga kiritish bo'yicha takliflar ilgari surildi.



Qo'shma majlis yakunida 'Tarbiya' fani dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni amaliyotga joriy etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilandi.











Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
65
0
xs.uz

21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro

21 Apr 08:33
 
63
0
xs.uz

Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha issiq suvsiz qoladi

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel va may oylarida 'Toshkent Issiqlik Markazi' tashabbusi bilan amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.Koʻrsatilgan dav

21 Apr 08:33
 
52
0
xs.uz

“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig'i To'ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.'Dual ta'limda Germaniya tajribasi', 'Dual ta'limni tashkil etishda korxonalarning o'rni', 'Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta'lim muassasalari integratsiyasi', 'Farg'ona viloyat

17 May 21:46
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe