calendar 20 Mar 12:53
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.

'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralarning ruxsati va masʼul organlarning oʻzaro kelishuvi asosida olib borilmoqda', deyiladi hokimlik xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, yongʻin harakatlari va ularning koʻlami toʻliq nazorat qilinmoqda.

Hokimlik, shuningdek, fuqarolardan vaziyat boʻyicha ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi oʻrtasida xavotir keltirib chiqaruvchi asoslanmagan axborotlarni tarqatmaslikni soʻragan.

Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu tadbir (oʻt qoʻyish tahr.) belgilangan rejaga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya etgan holda amalga oshirilayotganini bod-bod takrorlamoqda. Biroq viloyat Ekologiya boshqarmasi oʻz nazorat hududida shu kabi 'rejali' ishlar amalga oshirilayotgani boʻyicha hech qanday izoh bermayapti. Maʼlumot uchun, boshqarmaning Telegramʼdagi rasmiy kanalida soʻnggi xabar joriy yilning 17-mart sanasida joylangan.

Hokimlik matbuot xizmati ishlar mutasaddi idoralarning ruxsati va masʼul organlarning oʻzaro kelishuvi asosida olib borilayotgani haqida yozmoqda, ammo viloyat FVB yongʻin chizigʻi qay tartibda nazorat qilinayotgani borasida tushuntirish bermagan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ham atmosferaga chiqayotgan zararli tutun hamda gazlar yuzasidan izoh berganicha yoʻq.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
25
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

16 Apr 09:11
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?

2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh

16 Apr 09:11
 
49
0
xs.uz

Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim platforma

Qirg'iz Respublikasi poytaxti ' Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi.Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim o'ringa ega mazkur nufuzli anjumanda milliy kasaba uyushma tashkilotlari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.Yig'ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bosh kotibi Murodil Jumadilde uulu, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla R