calendar 17 May 21:46
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz navbatida, loyiha ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish va fuqarolarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini oshirishga xizmat qilmoqda.

Surxondaryo viloyatida joriy yilda 'Tashabbusli byudjet'ning birinchi doirasida 170 ta taklif gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlib, bu tizim aholini bir maqsad yoʻlida jipslashtirmoqda. 'Tashabbusli byudjet'da Oltinsoy tumanida jami 10 ta taklif gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi. Natijada hududlar obod boʻlib, aholi farovonligi taʼminlanmoqda. Jumladan, Oltinsoydagi 'Qorliq' mahallasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasi doirasida koʻp yillardan buyon oʻz yechimini kutib turgan muammolar ijobiy hal etildi. Mahalla ahlining bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi natijasida 2021-2025-yillarda yoʻl, suv, elektr energiyasi, ijtimoiy soha obyektlarini qurish kabi yoʻnalishlar boʻyicha jami 6 ta loyiha uchun 7 milliard 700 million soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi. Ushbu moliyaviy sarmoyaning 1 milliard 200 million soʻmi hududdagi 64-umumtaʼlim maktabini rekonstruksiya qilish, kerakli jihozlar bilan taʼminlash uchun ishlatildi.



' 'Tashabbusli byudjet' tanlovida 1 milliard 200 million soʻm mablagʻ yutib oldik, ' deydi 64-umumtaʼlim maktab direktori Sherzod Xudoyqulov. ' Har bir sinfxonalar elektron doskalar, yangi stol-stul kabi zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi. 45 ta soʻnggi rusumdagi kompyuter xarid qildik. Ayni paytda 23 nafar oʻquvchimiz IT sohasi boʻyicha muntazam shugʻullanmoqda. Loyihaning kasbga yoʻnaltirish boʻyicha 10 ta tikuv mashinasi, 2 ta overlok uskunasini yutib oldik. Ularni bitta xonamizga oʻrnatganmiz. Ayni paytda 18 nafar oʻquvchi qizlarimiz chevarlik bilan shugʻullanmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mahalla infratuzilmasi tobora yaxshilanib bormoqda. Bir paytlari qishda loy, yozda chang boʻlib yotadigan jami 23,8 kilometr ichki yoʻllarga bugun toʻliq asfalt qoplamasi yotqizilgan.



' Muammolarni 'Tashabbusli byudjet' orqali hal qilyapmiz, ' deydi shu mahallada yashovchi Rayhon Xudoyorova. ' Mahallamiz obod boʻlib bormoqda. Ariqlarimizda suvlar oqib turibdi, yoʻllarimiz ravon, yangi transformator oʻrnatildi. Yaqinda ichimlik suvi tarmogʻi butun mahallamiz boʻylab toʻliq tortildi. Turmushimiz shahardagidan qolishmaydi. Uylarimizda barcha sharoitlarimiz bor. Barcha islohotlar xalq manfaati uchun degani shu boʻlsa kerak. Buni har birimiz oʻz turmush-tarzimizda guvohi boʻlyapmiz.

'Tashabbusli byudjet' loyihasi aholini bir maqsad yoʻlida birlashib, har bir yumushni bamaslahat qilishga undamoqda. Chunki ushbu tizim yordamida fuqarolar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, ichki yoʻllar qurish, bogʻcha, maktablarni taʼmirlash kabi muhim ijtimoiy masalalar boʻyicha loyihalarni taklif etib, mahalliy byudjetning taqsimlanishida faol ishtirok etmoqda. Natijada mahalla hududidagi 56-sonli oilaviy poliklinikasi 'Qorliq' filiali ham qaytadan qurilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlandi.



' Oilaviy poliklinikamizning ilgarigi holati abgor holatda edi, ' deydi mehnat faxriysi Mamasaid Roziqov. ' Tomlaridan chakki tomardi, kutish zallarining oʻzi yoʻq edi. Xonalari qishda sovuq, yozda issiqligidan oʻtirishning imkoni boʻlmasdi. Biror uskuna yoʻqligidan arzimagan ish bilan ham tuman markaziga borishga majbur boʻlardik. Bugun shinam xonalarning har biri oʻz yoʻnalishi boʻyicha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Salomatligimiz va farovonligimiz yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlardan xursandmiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
54
0
xs.uz

Bobur shahrida rassomlar festivali oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, kecha, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbusini'ilgari surdi.Davlat rahbari raisligida bugun, boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etilishi qayd etildi.Shuningdek, Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazis

04 Apr 16:18
 
55
0
xs.uz

Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida

12 Apr 21:15
 
45
0
xs.uz

Davlat rahbari investorlarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida oʻtgan yili ayrim mamlakatlardan investitsiyalar kamaygani, bu yilda qator yetakchi davlatlar investorlari bilan loyiha qilinmagani'koʻrsatib oʻtildi.Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga bogʻlash tajribasi qolgan mamlakatlardagi elchixonalarimizda ham yoʻlga qoʻyilishi zarurligi qayd etildi.Oʻtgan oyda Londonda 'Oʻzbekiston investorlari kuni' tashkil etilgani natijasida 2,77

04 Apr 16:19
 
55
0
xs.uz

Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz – Prezident

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli forum ishtirokchilari!Xonimlar va janoblar!Barchangizni bugungi davrdagi asosiy tahdid ' global iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan konferensiyamizda chin yurakdan qutlayman.Hurmatli hamkasblarim ' Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan qatnashayotgan bizning ishonchli hamkorlarimiz, xalqaro moliya institutlari, global va milliy ekologik tashkilotlar vakillariga ushbu tadbirda ishtirok etayot