calendar 16 Apr 15:12
eye 85
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bobur shahrida rassomlar festivali oʻtkaziladi

image
Xabaringiz bor, kecha, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbusini'ilgari surdi.

Davlat rahbari raisligida bugun, boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etilishi qayd etildi.

Shuningdek, Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazishni taklif qildi. Gʻoliblarga avtomobil beriladi.

Umuman, mutasaddilarga shaharni maʼrifat va madaniyat markaziga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

'Ikki kun davomida Andijondagi boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan tanishdim. Shu bilan birga, viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmasi uchun misli koʻrilmagan miqdorda mablagʻ ajratilyapti. Bunaqasi hech qachon boʻlmagan', dedi davlatimiz rahbari.

Aytilgan barcha tashabbuslar Andijondagi har bir xonadongacha kirib borishi, ajratilayotgan har bir soʻm mablagʻ kamida oʻn soʻm boʻlib qaytishi uchun mutlaqo yangi nazorat tizimi joriy qilinishi belgilandi.

Tegishli idoralarga har bir topshiriq ijrosidan tortib, rahbarlarning aholi va tadbirkorlar bilan muomalasigacha qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.

Har bir mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini kuchaytirish vazifasi qoʻyildi, Andijonga yangi tayinlangan viloyat prokurori va ichki ishlar boshligʻining bu boradagi masʼuliyati belgilandi.



'Biz boshlagan islohotlar, bu ' faqat raqamlar yoki hisobotlar emas. Bu ' har bir oila, har inson hayotida seziladigan, farovonlik va taraqqiyot sari yoʻnaltirilgan haqiqiy oʻzgarishlardir.

Bugun ham Andijonda keng koʻlamli islohotlarni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha eng muhim vazifalarni belgilab oldik. Aholi va tadbirkorlar kayfiyatiga taʼsir koʻrsatadigan barcha masalalarga toʻxtalib, viloyat uchun zarur mablagʻlarni ham hal etdik.

Agar barchamiz bir boʻlib, hamjihat boʻlib ish olib borsak, yutuqlarimiz yanada koʻpayadi, biz zabt etolmaydigan marraning oʻzi boʻlmaydi, Andijon yanada obod boʻladi, men bunga ishonaman!', dedi davlatimiz rahbari soʻzining yakunida.

Yigʻilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
60
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

31 May 08:49
 
40
0
xs.uz

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi

'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl

01 Jun 03:47
 
42
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

04 Jun 02:44
 
32
0
xs.uz

Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH yuz berdi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 6 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea bugun, 3-iyun kuni soat 16:30 larda Shahrixon tumani 'Begbachcha' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro avtomobil yoʻlining 415 kilometrida sodir boʻlgan.Aniqlik kiritilishicha, 42 yoshli Q.S. 'Toshkent-Andijon' yoʻnalishi boʻyicha 'Hyundai' rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rulda chalgʻib qolgan