Davlat rahbari investorlarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi

Xitoy, Rossiya va Malayziya bilan hokimlar va investorlarni bir-biriga bogʻlash tajribasi qolgan mamlakatlardagi elchixonalarimizda ham yoʻlga qoʻyilishi zarurligi qayd etildi.
Oʻtgan oyda Londonda 'Oʻzbekiston investorlari kuni' tashkil etilgani natijasida 2,77 milliard dollar jalb qilish boʻyicha kelishuvga erishildi. Bunday tadbirlarni Nyu-York, Singapur, Gonkong, Dubay, Shanxay, Tokio, Istanbul kabi megapolislarda ham oʻtkazish topshirildi.
Xususiylashtirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. Bunda 15 ta yirik davlat korxonasi yevrobond chiqarib, IPOga qoʻyiladi, 49 ta korxonadagi davlat ulushi xalqaro bozorda sotiladi.
'Bu oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Investor keladi, deb oʻtirmasdan, elchilar uchrashuv tashkil etishi, vazirlar va hokimlar borib taqdimot qilishi kerak. Shunda natija boʻladi', dedi Prezident.
Shu oyda Jizzaxda, iyun oyida esa Toshkent shahrida xalqaro investitsiya forumlari oʻtkaziladi. Vazirlar va hokimlarga hozirdan puxta tayyorlanib, investorlarga taklif qilish uchun loyihalar portfelini shakllantirish topshirildi. Bunday forumlarni yil davomida barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qoʻyildi.
Xalqaro moliya institutlari bilan ishlashning yangi tizimi tufayli yil boshidan 706 million dollarlik ishlar'bajarildi.
'Issiqlik stansiyalari, hududiy elektr tarmoqlari, avtoyoʻllar, qishloq xoʻjaligi, temir yoʻllarda ishlar ancha oldinga siljidi. Uzoq muddat toʻxtab yotgan jami qiymati 2,9 milliard dollarlik 22 ta loyiha yurib ketdi', dedi davlatimiz rahbari.
Shu bilan birga, baʼzi loyihalarga tasdiqlanganidan keyin ham hokimliklar tomonidan oʻzgartirishlar kiritilayotgani ularning ishga tushirilishini kechiktirmoqda.
Bundan keyin tayyor loyihaga oʻzgartirish kiritish faqat hukumat doirasida koʻrib chiqilishi belgilandi. Qoʻshimcha ishlar loyiha tugagandan keyin iqtisod boʻlgan mablagʻ hisobidan qilinadi.
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland
Ichki turizm targʻiboti uchun yiliga 20 milliard soʻm ajratiladi
Unda'taʼkidlanishicha, oʻtgan yili Moʻgʻuliston bilan turizm boʻyicha katta kelishuvga erishilgani hisobiga sayyohlar 100-200 nafardan 4 mingga oshgan.Koʻrfaz davlatlarida doimiy sayohat qiladigan 3 million aholi bor. Lekin ularning koʻpi Ozarbayjon, Gruziya, Albaniya, Xorvatiya kabi vizasiz rejim boʻlgan mamlakatlarga boryapti.'Toʻgʻri, bu davlatlarga 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan. Lekin, bu muddat 30 kunga uzaytirilsa, sayyohlar 5-6 karra koʻpayadi. Bundan tashqari, Hindist
Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, bu ko'chada 3 ta chorrahada 22 dona 'aqlli' sfetofor, ko'chaning 2 tomonidagi piyodalar yo'laklariga 1,6 km. uzunlikda taktil qoplamalar, piyodalar o'tish yo'laklarida ko'cha to'siqlari o'rnatildi.Shuningdek, chorrahalarda piyodalar o'tish yo'laklari maxsus bo'yoq bilan qoplandi, mavjud binolarning kirish qismlari eshiklar atrofi kontrast rangli ogohlantiruvchi tasmalar bilan to'liq jihozlandi, yo'laklarda yangi panduslar qurildi, avtobus bekati nogir
Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi
Yangi O'zbekistonda 'Inson qadri uchun, inson baxti uchun' degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli xalqimiz farovonligini oshirish, ko'pmillatli jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda.Bularning barchasi bag'rikenglik, saxovat va shukronalik timsoli bo'lgan muborak Ramazon oyini mamlakatimizda tinch-totuv, fayzli va shukuhli muhitda o'tkazishda muhim ahamiy