calendar 12 Apr 21:15
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ichki turizm targʻiboti uchun yiliga 20 milliard soʻm ajratiladi

image
Unda'taʼkidlanishicha, oʻtgan yili Moʻgʻuliston bilan turizm boʻyicha katta kelishuvga erishilgani hisobiga sayyohlar 100-200 nafardan 4 mingga oshgan.

Koʻrfaz davlatlarida doimiy sayohat qiladigan 3 million aholi bor. Lekin ularning koʻpi Ozarbayjon, Gruziya, Albaniya, Xorvatiya kabi vizasiz rejim boʻlgan mamlakatlarga boryapti.

'Toʻgʻri, bu davlatlarga 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan. Lekin, bu muddat 30 kunga uzaytirilsa, sayyohlar 5-6 karra koʻpayadi. Bundan tashqari, Hindiston, Pokiston, Misr va Eronlik sayyohlarga viza berishni yengillashtirish mumkin', dedi davlatimiz rahbari.

Rossiya va Xitoyning hududlari bilan manzilli ishlash yoʻlga qoʻyilgani uchun investitsiya va sayyohlar oqimi keskin oshdi. Endi bu tajribani kengaytirib, Yaponiya, Koreya va Yevropa davlatlari bilan ham tashkil qilish topshirildi.

Milliy turizm yagona platformasini ishga tushirishni tezlashtirish, unda chipta olish va elektron viza berish imkoniyatlarini yaratish vazifasi qoʻyildi.

Malayziya va Indoneziyadan 'Umra plyus' dasturi orqali 100 ming ziyoratchini jalb qilish boʻyicha ishlar boshlangan. Mutasaddilarga Kuala-Lumpur va Jakartadan Samarqand, Buxoro orqali Jidda shahriga reys qoʻyish boʻyicha muzokaralarni jadallashtirish topshirildi.

Soʻnggi yillarda ichki turizmga eʼtibor tufayli mahalliy sayyohlar soni 23 millionga'yetdi(2017-yilda 5 millionta edi).

Lekin haligacha Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzga bormagan oilalar koʻp. Shu bois, har oyning bitta shanba va yakshanbasi ' 'oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish' kuni, deb eʼlon qilinadi.

Yoshlar oʻrtasidagi musobaqa gʻoliblariga 'Oʻzbekiston boʻylab sayohat' yoʻllanmasini sovgʻa qilish yoʻlga qoʻyiladi.

Har yili ichki turizm targʻibotini kengaytirishga 20 milliard soʻm ajratiladi.

Mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
37
0
xs.uz

Rossiyalik oʻquvchilar Oʻzbekiston oromgohlariga keladi

Viloyat oʻquvchilari uchun oromgohlariga sayohatlar tashkil etilishi haqida gubernator Oleg Kojemyako Navroʻz munosabati bilan tashkil etilgan bayramda maʼlum qilgan.'Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun Oʻzbekistondagi lagerlarga joʻnatamiz. Hamkorligimiz uzoq va mustahkam boʻlishi uchun barcha ishni qilamiz', degan u.Tadbirda madaniyat doʻstlikning eng yaxshi elchisi ekanligini taʼkidlanib, bunday hamkorlikdagi ishl

06 Mar 16:11
 
60
0
xs.uz

Oqava suvning ikkinchi hayoti

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻtgan yil oxirida foydalanishga topshirilgan Yangiyer shahar oqova suv tozalash inshooti tufayli hududda hosil boʻladigan oqava suvlardan nooziq ovqat ekinlarini sugʻorishda foydalanish imkoniyati paydo boʻldi. Yaʼni endilikda mazkur inshootda oqova suvlar uch bosqichda tozalanib, ana shunday ehtiyoj uchun yaroqli holatga keltirilmoqda.Tozalash jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan. Birinchi bosqichda oqava turli chiqindilardan tozalanadi. Ikkinchi bos

20 Mar 12:53
 
55
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

16 Apr 15:12
 
24
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz