calendar 06 Mar 16:11
eye 75
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oqava suvning ikkinchi hayoti

image
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Oʻtgan yil oxirida foydalanishga topshirilgan Yangiyer shahar oqova suv tozalash inshooti tufayli hududda hosil boʻladigan oqava suvlardan nooziq ovqat ekinlarini sugʻorishda foydalanish imkoniyati paydo boʻldi. Yaʼni endilikda mazkur inshootda oqova suvlar uch bosqichda tozalanib, ana shunday ehtiyoj uchun yaroqli holatga keltirilmoqda.



Tozalash jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan. Birinchi bosqichda oqava turli chiqindilardan tozalanadi. Ikkinchi bosqichda biologik amallar bajariladi. Bunda suvdagi zararli bakteriyalar zararsizlantiriladi. Soʻngra tozalangan suvning zararsizligini yanada kafolatli taʼminlash maqsadida unga xlor hamda boshqa vositalar qoʻshiladi.



' Yangi qurilgan oqova suv tozalash inshooti tufayli Yangiyer shahrining sanitar-epidemiologik holati yanada yaxshilandi, ' deydi ' Sirdaryo suv taʼminoti' aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi Sardor Jumanazarov. ' Bir kecha-kunduzda 12 ming metr kub oqava suvni tozalash imkoniyatiga ega boʻlindi. Jarayon toʻliq avtomatlashtirilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan. Yana bir foydali jihat shuki, yangi inshoot yuqori energiya tejamkorlik xususiyatiga ega.



Oʻtgan yilda xuddi shunday inshoot Shirin shahrida ham foydalanishga topshirildi. Guliston shahrida qurilayotgani tez orada ishga tushiriladi. Maʼlum qilinishicha, Sirdaryo viloyatidagi 5 ta tuman markazida ham Yangiyer shahridagi kabi oqova suv tozalash inshootlari quriladi. Ayni paytda qurilish ishlari Boyovut tumanida boshlangan. Shuningdek, viloyatda ichimlik suvi taʼminotini hamda kanalizatsiya tizimini yanada yaxshilash borasida ham bir necha loyihalar amalga oshirish belgilagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
59
0
xs.uz

Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi

Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.

08 Jun 02:26
 
132
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz

16 Apr 09:11
 
57
0
xs.uz

Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga

15 Apr 07:05
 
68
0
xs.uz

15-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikd