calendar 16 Apr 09:11
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.

FVV maʼlumotlariga koʻra, mazkur holat natijasida yongʻin kelib chiqmagan. Portlash oqibatida jabrlanganlar hamda halok boʻlganlar aniqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumani 'Guliston' MFY hududidagi ustaxonada 'MAN' rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan edi. Mazkur portlash oqibatida halok boʻlganlar aniqlanmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
299
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

17 May 21:46
 
41
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

17 May 21:46
 
43
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

21 Apr 08:34
 
70
0
xs.uz

Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v