calendar 21 Apr 08:34
eye 1073
comments 0
comments Manba: xs.uz

Davlat rahbari sanepidxizmat foliyatidagi kamchiliklarga toʻxtaldi

image
Taʼkidlanganidek, sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzining mahsulotiga Sanepidqoʻm xulosasini olish tizimidan norozi.

Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import boʻlmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqoʻm xulosasi yoʻqligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yoʻq.

Qoʻmita rahbariyati 'bu mahsulotga bizda standart yoʻq', deb kutib oʻtirmasdan, oʻzi tashabbus qilib, tadbirkor bilan birga standart ishlab chiqmayotgani tanqid qilindi.

Ayrim tuman sanepidxizmatlari haligacha tadbirkordan bitta mahsulotning har xil qadoqlangan partiyasini alohida sinovdan oʻtkazishni talab qilmoqda. Bu qoʻshimcha vaqt, qoʻshimcha xarajat talab qiladi.

Bir vaqtda tayyorlangan mahsulotning har xil hajmda qadoqlanishi sifatga naqadar aloqador ekani savol uygʻotadi.

Shuningdek, mineral suv ishlab chiqaruvchilar 45 ta koʻrsatkich boʻyicha xulosa olishi kerak. Tadbirkorlar shuning 43 tasi uchun Sanepidqoʻm tizimidagi laboratoriyalarga, qolgan 2 tasi boʻyicha boshqa laboratoriyaga bormoqda.

Qoʻmitaga hamma tekshiruvni bitta joyda tashkil qilish'topshirildi.

Meva-sabzavot va dukkakli ekinlar sifatini tekshirish uchun ham 3 ta tashkilotning laboratoriyasiga borish kerak. Eng yomoni, bu laboratoriyalarning xulosasi rivojlangan davlatlarda tan olinmaydi.

Shu bois eksportchilar qimmat bozorga chiqishdan oldin sertifikat olish uchun xorijga namuna joʻnatyapti.

Mutasaddilarga shu paytgacha birorta xalqaro tan olingan laboratoriyani olib kelmagani, eskirgan ustma-ust sertifikatlash amaliyoti haligacha davom etayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar chetdan keladigan vitrinali sovitkichlarni sertifikatsiyalash jarayoni 3 oygacha choʻzilayotganini aytmoqda.

Kuryerlik xizmati korxonalari moped olib kelib, odamlarni ishli qilayotgani, lekin mopedning oʻzi 300 dollar tursa, uni standartdan oʻtkazib, sertifikat olishga yana shuncha mablagʻ ketayotgani'koʻrsatib oʻtildi.

Xususiy klinikalar 'Oʻzbekistonga ilk bor olib kelinayotgan ayrim tibbiy uskunalarni Farmqoʻmitada roʻyxatdan oʻtkazish xarajati ularning narxidan 10 karra qimmat', demoqda. Shuningdek, qoʻmitada oddiy termometrni ham, MRT uskunasini ham roʻyxatdan oʻtkazishga 4-5 oy vaqt ketmoqda.

Davlatimiz rahbari bunday toʻlov va tartibotlar mutasaddilar tomonidan naqadar chuqur oʻylanganini savol ostiga qoʻydi.

'Bu yondashuv toʻgʻrimi? Albatta yoʻq. Murakkabligi va xavflilik darajasiga qarab, tibbiy uskuna, tibbiy buyum va dori-darmon uchun alohida-alohida muddat belgilash kerak', dedi Prezident.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat

2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan 'Moliyaviy barqarorlik sharhi'da maʼlum qilindi.Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qat

13 Jun 09:59
 
38
0
xs.uz

Boʻstonliqda kuchli shamol oqibatida “dom”lardan birining tom qismi uchib ketdi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan kuchli shamol oqibatida uylarning tom qismi uchib ketgani aks etgan videolar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi izoh berdi.Bildirilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, viloyat hokimligi va FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar kuch vositalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan hamda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.Aniqlanishicha, sodir boʻlgan kuchl

17 May 21:46
 
29
0
xs.uz

“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo

13 Jun 00:38
 
45
0
xs.uz

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga olganlarga pul mukofoti beriladi

2025-yil 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qaroriga asosan 'Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida'gi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, fuqarolar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 74-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan qoidalarni buzish holatlarini videotexnika vositalari orqal