Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga olganlarga pul mukofoti beriladi

Nizomga koʻra, fuqarolar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 74-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan qoidalarni buzish holatlarini videotexnika vositalari orqali qayd etib, 48 soat ichida Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Inspeksiyaga 'v-nadzor.gov.uz' sayti orqali yuborishlari mumkin. Materiallarda huquqbuzarlik holati, ushbu harakatni sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa), sodir boʻlgan manzil va vaqt aniq koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi.
Yuborilgan foto va videomateriallar Inspeksiyaning masʼul xodimi tomonidan 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Videoyozuvning umumiy davomiyligi esa 120 soniyadan oshmasligi shart qilib belgilangan. Agar huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgan boʻlsa, huquqbuzarga ogohlantiruv tavsiyalari yuboriladi. Ammo maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1-yil ichida qoidabuzarlik takroran sodir etilsa, jarima belgilanadi.
Eng muhimi, huquqbuzarlikni aniqlab videomaterial yuborgan shaxs ragʻbatlantiriladi. Yaʼni, undirilgan jarima summasining 25 foizi miqdorida pul mukofoti toʻlanadi. Bu ragʻbatlantirish jazo undirilgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Shu orqali fuqarolarning jamiyatda faol va masʼuliyatli boʻlishi, suv resurslaridan samarali foydalanishga hissa qoʻshishi koʻzda tutilgan.
Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmo
Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasi parlamentlararo komissiyasining beshinchi majlisi Samarqandda boʻlib oʻtdi
2025-yil 12-may kuni Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi oʻrtasida hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda ikki mamlakat oʻrtasidagi bugungi munosabatlar holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, xususan, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish masalasi asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni k
Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi
Qarorga koʻra, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi 'Oʻrmontexnoservis' davlat unitar korxonasi negizida 'Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi' davlat muassasasi tashkil etiladi.Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi 'Aqlli oʻrmon xoʻjaligi' (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:
O‘zbekiston mahallalari bo‘ylab virtual sayohat tashkil etiladi
Mutaxassislar tomonidan har bir mahallaning tarixiy, madaniy va ijtimoiy jihatlarini o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.Mahallalar tadqiq etilib ilmiy ishlanmalar, turli ko'rinishda kontent va qisqa metrajli filmlar tayyorlanadi. Ulardan ekspozitsiya uchun 3D shaklida qiziqarli media mahsulotlar yaratiladi. Ekspozitsiyaga tashrif buyuruvchilar O'zbekiston mahallalari bo'ylab virtual sayohat qilish, mahallalar tizimida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan boxabar bo'lis