Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarini koʻpaytirish va ushbu oʻyinga ommani eʼtiborni yanada koʻproq jalb qilish (piar) maqsadida goʻyoki jamoalar oʻrtasida janjal yuz berganini sahnalashtirishgan.
'Jamoat tartibini mensimaslik va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi bu kabi xatti-harakatlar uchun javobgarlik belgilangan', deyiladi IIBB xabarida.
Shunga asosan ushbu holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan. Yuqoridagi vaziyat jamoatchilik oʻrtasida keskin eʼtirozlar keltirib chiqqani va huquqbuzarlik sodir etilishiga sabab boʻlgani uchun 'LikeCup' loyihasi vaqtincha toʻxtatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan loyiha tashkilotchilari, ushbu janjalni sahnalashtirganlar va unda ishtirok etgan barchaning shaxsi aniqlanib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudiga yuborilgan.
Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi
Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi
Farmonga ko'ra, kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini o'qitadigan biznes maktablari tashkil etiladi.2025-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvargacha kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:' ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to'laydi;' tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat'i nazar aylanmadan olinadigan
Prezident AQSh bojlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining Oʻzbekistonga taʼsirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.Avvalo, davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga toʻxtaldi.'Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar b
Har mavsumda shu boʻlar takror...
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha