calendar 04 Apr 16:19
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

image
Yangi O'zbekistonda 'Inson qadri uchun, inson baxti uchun' degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli xalqimiz farovonligini oshirish, ko'pmillatli jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda.

Bularning barchasi bag'rikenglik, saxovat va shukronalik timsoli bo'lgan muborak Ramazon oyini mamlakatimizda tinch-totuv, fayzli va shukuhli muhitda o'tkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buni el-yurtimiz o'rtasida insonparvarlik, o'zaro hurmat va mehr-oqibat, kam ta'minlangan va ehtiyojmand shaxslar, yordamga muhtoj oilalarga e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish kabi yuksak insoniy fazilatlar ayni kunlarda yanada yaqqol namoyon bo'layotgani ham tasdiqlaydi.

Ulug' ayyom ' muqaddas Ramazon hayitini ana shunday xayrli ishlarni izchil davom ettirgan holda har tomonlama munosib kutib olish, o'tkazish va uning mohiyatida mujassam bo'lgan ezgu qadriyat va an'analarni keng targ'ib etish maqsadida'qaror qilaman:

1.'Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni'30-mart ' yakshanba'kuniga to'g'ri kelishi haqidagi O'zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2025-yil'30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami'sifatida keng nishonlansin.

2.'O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

(a)'ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba ' dam olish kuniga to'g'ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart ' dushanba kuniga ko'chirilishi;

(b)'bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko'rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to'xtatib qo'yish mumkin bo'lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko'chirilmasligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3.''Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon hayitini xalqimizning'milliy an'ana va urf-odatlariga uyg'un holda'o'tkazish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Turizm qo'mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida'mo'tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish'maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratsin.

4.'O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

5.'Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.'Mirziyoyev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
39
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

16 Apr 09:12
 
80
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat

14 Apr 06:18
 
52
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani

01 Jun 03:47
 
12
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga