calendar 04 Apr 16:18
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi

image
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.

YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.

'Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda', deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqda keskinlashib borayotgan vaziyat, xususan, Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi amalga oshirgan harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot eʼlon qildi.'Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyoti yuzasidan chuqur xavotir bildiradi.Barcha tomonlarni toʻliq

15 Jun 10:46
 
27
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashdi

Jeneva shahrida Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva 'Better Cotton' xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda 'Better Cotton' dasturini amalga oshirish tajribasi va bu yoʻnalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.Uchrashuvda 'Better Cotton' dasturining nafaqat paxtachilikda sertifikatlash vositasi, b

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.Bolalarning 4 nafari

21 Apr 08:34
 
1110
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.'Takror va takror aytaman ' 'hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi' deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak', dedi davlatimiz r