Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz – Prezident

Hurmatli forum ishtirokchilari!
Xonimlar va janoblar!
Barchangizni bugungi davrdagi asosiy tahdid ' global iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan konferensiyamizda chin yurakdan qutlayman.
Hurmatli hamkasblarim ' Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan qatnashayotgan bizning ishonchli hamkorlarimiz, xalqaro moliya institutlari, global va milliy ekologik tashkilotlar vakillariga ushbu tadbirda ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik izhor etaman.
Sizlarning forumdagi ishtirokingiz barqaror rivojlanishning eng dolzarb masalalari bo'yicha samarali yechimlar izlashda birgalikda sa'y-harakatlar olib borishga sodiqlik namunasidir.
Ishonchim komil, bu zaminda, asrlar davomida yangi g'oya va bilimlar yaratilgan, ishonch va bunyodkor sheriklik markazlaridan biri bo'lgan qadimiy Samarqandda biz iqlim sohasidagi zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish bo'yicha birgalikda ta'sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqa olamiz.
O'zbekistonga xush kelibsiz!
Samarqandga xush kelibsiz!
Hurmatli forum ishtirokchilari!
O'tgan yili sayyoramizda o'rtacha havo harorati birinchi marta Selsiy shkalasi bo'yicha bir yarim darajadan yuqoriroq ko'tarildi. So'nggi o'n yillik butun meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq davr bo'ldi. Buning oqibatida bugun biz barchamiz iqlim inqirozlarining salbiy ta'sirlari ' o'rmon yong'inlari va cho'llanish miqyosi ortib borayotgani, muzliklar qisqarayotgani, suv resurslari taqchilligi kuchayayotgani, havo sifati yomonlashayotganini his qilib turibmiz.
Ta'kidlab aytaman,'atrof-muhitni asrab-avaylashda mas'uliyat barchamizning zimmamizda. Bu kun tartibimizdagi eng muhim masaladir.
Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan iqlim o'zgarishlariga moslashish bo'yicha strategiya ishlab chiqilgani va bir ovozdan ma'qullanganini ta'kidlash joiz. O'zbekiston mintaqadagi barcha sheriklar bilan umumiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo'yicha yaqindan ishlash niyatidadir.
Biz, shuningdek, Yevropa tomoni bilan Orol dengizi qurishi oqibatlarini yumshatish, suvdan oqilona foydalanish, 'toza' energiya manbalarini kengaytirish dasturlari doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilyapmiz. Bunday sheriklik Markaziy Osiyoda barqaror 'yashil' rivojlanishga muhim hissa qo'shadi.
Hech shubhasiz, bugungi kunda Yevropa Ittifoqi iqlim o'zgarishlariga qarshi kurashish masalalarini ilgari surish va himoya qilishda global yetakchidir. Biz kelgusida ham bu sohadagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyormiz.
Hurmatli xonimlar va janoblar!
Iqlim o'zgarishi muammolari oziq-ovqat va energiya xavfsizligi bilan chambarchas bog'liqdir. Mintaqa aholisi 25 yildan so'ng 100 million kishidan ortishi kutilayotgan bir vaqtda unumli yerlar tez sur'atlar bilan qisqarib bormoqda.
Bugungi kunda mintaqadagi umumiy yer maydonining 20 foizdan ortig'i degradatsiyaga uchragan. Chorak asrdan keyin hosildorlik uchdan bir qismga kamayib ketishi mumkin.
Shu munosabat bilan, o'rmon xo'jaligi va agrar sohaning moslashuvchanligini oshirish, shuningdek, 'Ufq ' Yevropa' dasturi doirasida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun ilmiy salohiyatimizni birlashtirish hayotiy muhim masala, deb hisoblayman.
O'zbekiston degradatsiyaga uchragan yer maydonlarini qisqartirish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida 'Yashil makon' loyihasi doirasida keng ko'lamli ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari, Orolbo'yining 2 million gektardan ortiq cho'l hududlarida qurg'oqchilikka chidamli o'simliklar ekildi.
Har yili Navro'z bayrami arafasida daraxt ekish bo'yicha 'Markaziy Osiyoning yashil belbog'i' mintaqaviy aksiyasini o'tkazishni taklif etaman.
Aminmanki, uning tashkil etilishi bizning ezgu an'anamizga va tabiiy ofatlarga qarshi kurashdagi birligimiz timsoliga aylanadi.
Hurmatli forum ishtirokchilari!
O'zbekiston iqtisodiy taraqqiyotning resurslarni tejaydigan va ekologik toza modeliga o'tishni boshladi.
Bu boradagi eng muhim yo'nalishlardan biri ' 'yashil' energetikadir. Yaqin besh yilda qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan energiya ulushini 54 foizga yetkazishni mo'ljallayapmiz. Bu atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini 16 million tonnaga qisqartirish imkonini beradi.
Biz O'zbekistonning Parij bitimi doirasida bug' gazlari chiqarishni 35 foizga kamaytirish bo'yicha olgan majburiyatini muddatidan oldin bajarish uchun barcha sa'y-harakatlarimizni ishga solishimizni ta'kidlab o'tmoqchiman.
Shu bilan birga, biz bu marrada to'xtab qolmoqchi emasmiz.
Moliyalashtirish, texnologiyalar va kompetensiyalarni safabar qilish maqsadida Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqining 'Suv ' Energiya ' Iqlim o'zgarishi' deb nomlangan tashabbusining kotibiyatini tashkil qilishni taklif etamiz.
Bundan tashqari, umumiy strategik vazifalarni amalga oshirish doirasida mazkur forumda mintaqaning 'yashil' taraqqiyot konsepsiyasi taqdim etiladi. Ishonamanki, mazkur hujjatning qabul qilinishi va amalga oshirilishi Markaziy Osiyoning ekologik yo'naltirilgan taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Hurmatli delegatsiyalar a'zolari!
Tahlillarga ko'ra, Amudaryo va Sirdaryoda suv oqimi kamayishi natijasida 2040 yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlari yuqori darajadagi suv taqchilligiga duch keladi.
Biz allaqachon insoniyatning eng yirik fojialaridan biri ' Orol dengizi qurishi oqibatlarini boshdan kechirmoqdamiz.
Biz suv resurslarini tejash maqsadida irrigatsiya tizimlarini betonlashtiryapmiz. Suvni tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarish bo'yicha sanoat bazasini yaratdik, sug'oriladigan yerlarning deyarli yarmida ana shunday texnologiyalarni joriy etdik. (Bu salkam ikki million gektar yer maydoni demakdir). Bunday chora-tadbirlar natijasida o'tgan yili 8 milliard metr kub suvni tejashga muvaffaq bo'ldik.
Markaziy Osiyoda suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish borasidagi sa'y-harakatlarni birlashtirish va bu sohada mintaqaviy dasturni ishga tushirishga chaqiramiz.
Bu rejalarning barchasini ekspertlar muhokamasidan o'tkazish uchun Orolbo'yi mintaqasida xalqaro forum o'tkazishni maqsad qilganmiz.
Shuningdek, muzliklarning holati va mintaqadagi tog' ekotizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni oldindan baholash uchun sun'iy yo'ldosh orqali uzluksiz kuzatuvlarni yo'lga qo'yish bo'yicha 'Kopernik' dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi bilan yaqin hamkorlikka umid qilamiz.
Toshkentdagi 'Yashil universitet' bazasida yaratilgan Iqlim rezidensiyasi Markaziy Osiyoda kechayotgan iqlim jarayonlarini o'rganish va monitoring qilish bo'yicha umumiy ilmiy-ekspertlik platformasi bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Bundan tashqari, ertaga Nukus shahrida mintaqamizning ekologik muammolariga san'at sohasidagi loyihalar orqali e'tiborni jalb etishga qaratilgan Orol madaniyat sammiti o'z ishini boshlaydi.
Qadrli do'stlar!
So'zimning nihoyasida''Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz','degan mashhur hikmatli iborani eslatib o'tishni istar edim. Bugungi kunda bizning vazifamiz ' kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni ko'rishdan iborat.
Buning uchun muloqotlarni mustahkamlash, umumiy ezgu maqsadlar yo'lida birlashgan barcha davlatlarning sa'y-harakatlarini uyg'unlashtirish zarur.
E'tiboringiz uchun rahmat.
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.O'zbekiston yetakchisi uchun ajratilgan qarorgohda davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o'rinbosari Maksim Oreshkin va Hukumat Raisining birinchi o'rinbosari Denis Manturov kutib oldilar.Tashrif dasturiga muvofiq, Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ik
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant
Toshkentda mast erkak pichoq bilan odamlarga tashlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak qoʻlida pichoq koʻtargancha fuqarolarga hujum qilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIB rasmiy'munosabat bildirdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 18-aprel kuni taxminan soat 19:40 larda Shayxontohur tumani Sebzor koʻchasida joylashgan avtoturargohlardan birida oʻrnatilgan 'tashvish tugmasi' bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qoʻriqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tom
Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga bir qator huquqlar beriladi — Hukumat qarori
'Avtomobil transportida yo'lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida' gi Hukumat qarori (200-son, 02.04.2025 y.) qabul qilindi.Qarorga ko'ra, yuridik shaxslarga tegishli yo'nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:' yo'lovchilarni olish va tushirish maqsadida 'To'xtash taqiqlangan' yo'l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to'xtash;' aeroportlar, temir yo'l vokzallari, avtovokzallar, ustav fo