calendar 06 Mar 16:11
eye 78
comments 0
comments Manba: xs.uz

10 ming 258 ta oilaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”dan chiqarilishiga Bosh Prokuratura izoh berdi

image
Joriy yilda oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida ijtimoiy yordam mablagʻlarini olib kelayotgan va moddiy ahvoli yaxshilangan 10 ming 258 ta oila 'Ijtimoiy himoya yagona reyestri'dan chiqarildi. Bu chora-tadbirlar haqiqiy ehtiyojmand oilalarga davlat yordamlarini manzilli yetkazish maqsadida amalga oshirildi, deb yozadi Bosh Prokuratura matbuot xizmati.

Xabar qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida bunday holatlardan biri aniqlandi. U yerda fuqaro A.Sh. oʻz xonadonida tomorqada band boʻlib, turmush oʻrtogʻi A.B. yakka tartibdagi tadbirkor sifatida oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan.

Bundan tashqari, ularning yashash sharoiti qoniqarli boʻlib, foydalanishda 'Captiva' rusumli avtomashina mavjud ekanligi maʼlum qilindi. Shunga qaramay, Sh.A.ga 2024-yilning 1-iyulidan 3 nafar farzandi uchun har oy 505 ming soʻm miqdorida bolalar nafaqasi tayinlangan va toʻlab kelingan.

Shu kabi holatlar Toshkent viloyati Parkent tumanida ham qayd etildi. Reyestrga asossiz kiritilib, davlatdan moddiy yordam olib kelgan shaxslar aniqlanib, prokuratura tomonidan 8,2 million soʻm mablagʻni undirish yuzasidan sudga kiritilgan daʼvo arizalari qanoatlantirildi. Sud qaroriga muvofiq, mazkur mablagʻlar davlat foydasiga qaytarilishi belgilandi.

Davlat tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini manzilli qoʻllab-quvvatlash maqsadida nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Asossiz ravishda yordam olgan shaxslarga ajratilgan mablagʻlarni byudjetga qaytarish va haqiqiy muhtojlarga yetkazish choralari koʻrilmoqda.

Har bir ijtimoiy yordam haqiqiy ehtiyojmand oilalarga manzilli yetkazilishini taʼminlash maqsadida nazorat ishlari yanada kuchaytirilmoqda. Byudjet mablagʻlarining samarali taqsimlanishini taʼminlash va kambagʻallikka qarshi kurashish borasida davlat idoralari tomonidan aniq tadbirlar ishlab chiqilyapti.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
50
0
xs.uz

“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi

Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig

17 May 21:46
 
299
0
xs.uz

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir

16 Apr 15:12
 
63
0
xs.uz

Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi

2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni o

13 May 14:37
 
121
0
xs.uz

Buxorodagi “chigirtkalar bosqini” yuzasidan mahtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlumot berildi

Buxoro viloyatining ayrim hududlariga minglab chigirtkalar yopirilgani toʻgʻrisidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan FVV matbuot xizmati maʼlumot berdi.Unga koʻra, viloyat hududida zararli chigirtkalar tarqalganligi boʻyicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.Shunga asosan, viloyat FVB, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar voqea joyiga yetib borib, hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy ishlov berish amaliyoti bajarilgan.