calendar 12 Apr 21:15
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim platforma

image
Qirg'iz Respublikasi poytaxti ' Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim o'ringa ega mazkur nufuzli anjumanda milliy kasaba uyushma tashkilotlari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Yig'ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bosh kotibi Murodil Jumadilde uulu, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, Qozog'iston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Satibaldi Dauletalin, Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Ismoil Fayzizoda, Turkmanistonning Lebop kasaba uyushmalari birlashmasi raisi Amangeldi Jumayev, Mo'g'uliston kasaba uyushmalari Konfederatsiyasi vitse-prezidenti Bayaraa Ragchaa ishtirok etdi.

Tadbirda kadrlar imkoniyatini rivojlantirish, yoshlar siyosatini mustahkamlash, kasaba uyushmalari uchun mutaxassislar tayyorlash tizimlarini takomillashtirish, ijtimoiy hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov o'z ma'ruzasida mintaqadagi bugungi tinchlik va barqarorlik, davlatlararo hamkorlik yangicha ma'no-mazmun va mohiyat kasb etib borayotgani zamirida hududdagi davlatlar rahbarlarining birgalikdagi oqilona qarorlari, siyosiy iroda va qat'iyat ko'rsatayotganlari yotganini, yaqindagina Xo'jand shahrida bo'lib o'tgan Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston Prezidentlarining uchrashuvi bunga yorqin misol bo'la olishini qayd etdi. Shuningdek, yillar davomida yig'ilib qolgan muammolar ham o'z yechimini topayotgani, o'zaro hamkorlikda yirik loyihalar amalga oshirilayotgani e'tirof etildi.

Ta'kidlanganidek, Qirg'iziston hukumati tomonidan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga Issiqko'ldan o'n gektar yer maydoni ajratilgan bo'lib, ushbu hududda xalqaro talablarga javob beradigan kasaba uyushmasi sanatoriy majmuasi qurilmoqda.

Shu bilan birga, Q. Rafiqov joriy yil iyul oyi oxirida O'zbekistonda kasaba uyushmalari tashkilotlarining do'stlik festivali o'tkazilishi, unda mintaqadagi barcha qo'shni mamlakatlar, shuningdek, Turkiy tilli davlatlar vakillari ishtirok etishi kutilayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu tadbir qardosh xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi o'zaro mintaqaviy aloqalarni yanada mustahkamlash, ushbu jarayonlarda kasaba uyushmalarining o'rni hamda rolini oshirish, dolzarb ijtimoiy masalalarni hal qilishda hamkorlikda ishlash yo'lidagi muhim qadamdir.

'Xalq so'zi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:05
 
23
0
xs.uz

Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja

04 Apr 16:18
 
40
0
xs.uz

Samarqandda turizm qishloqlari koʻpaymoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Bulungʻur tumanida 19 ta arxeologik, 6 ta arxitektura madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, sayyohlar diqqatini tortadigan ushbu joylar turizm maskaniga aylantirilmoqda. Tumandagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi, Sheroz qalʼa yodgorligi joylashgan 'Erganakli' mahalla fuqarolar yigʻini ham tabarruk manzillardan hisoblanadi. Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohiga olib boruvchi 5,5 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 6,5 kilometr ichimlik suvi

12 Apr 21:14
 
29
0
xs.uz

Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elekt

06 Mar 16:11
 
54
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vazirini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvilining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.Pa