calendar 06 Mar 16:11
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vazirini qabul qildi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo'lib turgan Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvilining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, turizm va madaniyat sohalaridagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

Parlamentlar va hukumatlar darajasidagi aloqalar faollashgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. 2024-yilda o'zaro tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi, qo'shma korxonalar soni va yuk aylanmasi hajmi ko'paydi. Poytaxtlar o'rtasida to'g'ridan to'g'ri aviareyslar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda gruziyalik investorlar ishtirokida tashkil etilgan raqamli bank faoliyat yuritmoqda. Gumanitar yo'nalishda o'tgan yili Tbilisi shahrida O'zbekiston madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli o'tkazildi.

Suhbatda shu kunlarda Toshkent shahrida o'tgan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishining yakunlari yuksak baholandi.

Tovar ayirboshlash sur'atini saqlab qolish, eksport va import mutanosibligini ta'minlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, ikki mamlakat hududlarini iqtisodiy hamkorlikka faol jalb qilish bo'yicha o'zaro muvofiqlashgan choralar ko'rish muhimligi qayd etildi.

Raqamlashtirish va turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sheriklik va almashinuvlarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida kelgusida O'zbekiston va Gruziya hukumatlari darajasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe

21 Apr 08:34
 
866
0
xs.uz

Shakarga aksiz toʻlovi bekor qilinadi

Prezidentimiz biznes uchun teng sharoitlar yaratish masalalariga alohida'eʼtibor qaratdi.'Mahalliy korxonalarimizga yoʻl ochib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish, qimmat bozorlarga yangi-yangi mahsulotlar bilan kirishiga sharoit yaratishimiz zarur', dedi davlat rahbari.Lekin ayrim tovarlar bozorlarimizga sunʼiy pasaygan narxda kirib kelayotgani mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻrnini zaiflashtirayotgani koʻrsatib oʻtildi.Masalan, oʻzimizda chiqayotgan tannarxi 220 dollarlik kichik muzla

21 Apr 08:34
 
862
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b

31 May 08:49
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon toʻlanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 27-may kungi yigʻilishida 'Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga (Vena, 1963-yil 21-may) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida'gi qonun loyihasi'muhokama qilindi.Taʼkidlanganidek, Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy n