Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elektr taʼminotini yaxshilash uchun yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 4 ming 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', ' deyiladi departament xabarida.
Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi
'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na
Har mavsumda shu boʻlar takror...
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha
Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi
Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a