calendar 14 Sep 12:30
eye 69
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Mustaqillik - Rossiya bu masalada Germaniyaga yordam bera olmaydi

image
Kolumnistlar
Havola olish
6 0 0

Germaniya o'zi qaror qabul qila olmasdan javobgarlikni Rossiyaga yuklamoqda - bu ularning ushbu masalada mustaqil emasligidan darak beradi.

TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Berlin aytishiga ko'ra, Navalniy "zaharlanishiga" javob sanktsiyalari "Shimoliy oqim-2"ni bloklashgacha bo'lishi mumkin, lekin ularning qanday bo'lishi, ko'p jihatdan, go'yoki, Rossiyaning ushbu surishtiruv jarayonida faol ishtirok etishiga bog'liq:

"Biz kun tartibiga barcha variantlarni chiqaramiz va qulay vaqtda qaror qabul qilamiz. Bunday chora ("Shimoliy oqim-2"ni bloklash, tahr.) qo'llanilmasligi uchun, Rossiya surishtiriuv jarayonida o'z hissasini qo'shishi mumkin", - dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas. 

Demak, Rossiya-Germaniya munosabatlarining kelajagi Kremlga bog'liqmi?  

Aslida esa, bu nemis hukumati tarixiy qaror oldidan turganidan darak beradi - chunki uning hozirgi qaroridan Germaniya kelajagi uchun muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Rossiya-Germaniya munosabatlari uchun emas, aynan Germaniya, demak butun Evropa kelajagi uchun. 

Hozirgi Navalniy voqeasi bu - Rossiya uchun emas Germaniya va Evropa loyihasi uchun sinov. Navalniyning sirli "zaharlanishida", agar haqiqatdan ham shunday bo'lgan bo'lsa, haligacha ko'p narsa aniq emas. Lekin ushbu holatdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga bo'layotgan urinishlar - kundek ravshan.    

Germaniyadan "Shimoliy oqim-2"ni to'xtishni talab qilishmoqda. Deyarli qurib bitkazilgan loyihadan voz kechish juda jiddiy oqibatlarga olib kelishi tayin. Bunda asosiy zarba Germaniya iqtisodiga emas - gaz quvuri qurilishi uchun sarflangan 10 milliard yevro FRG iqtisodi uchun arzimagan pul. Rossiya gazi esa baribir Ukraina orqali yetkazib berilishi mumkin. Asosiy zarba - Germaniyaning obro'yiga tegadi.   

Ruslar nemislarning mustaqil bo'lishiga bo'lgan harakatiga ishonmay qo'yadi, anglosakslar esa nemislardan o'tgan asrlardagidek o'z manfaati yo'lida manipulyatsiya qilish, ularni misli ko'rilmagan nemis manfaatlariga javob bermaydigan ishlarda foydalanishda urinishlarini davom ettirishadi.

Evropaliklarning aksariyati esa, jumladan Rossiya bilan gaz loyihalarida to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lgan Italiya va Avstriya ham, Berlin umumevropa manffatlariga zid harakat qilishga moyil ekanini ko'rishadi. Eng asosiysi esa nemislarning o'zi - ular haligacha o'z suverenitetlarini qaytara olmaganliklariga  amin bo'lishadi. Shuning uchun ham nemislarning Navalniy "zaharlanishi" ishiga javobining narxi juda qimmat - birinchi navbatda Germaniyaning o'zi uchun.

"Shimoliy oqim - 2" - bu shunchaki ko'rsatuvchi, timsol. Maas nima desa ham, Rossiya Berlinga hyech qanday yordam bera olmaydi: bizning Navalniy "zaharlanishi" bo'ycha o'tkazgan barcha surishtiruvlarimiz natijasi, Germaniya hukumatining mustaqil qaror qabul qilish zaruratidan forig' qila olmaydi. Ushbu qaror natijasi - hatto Qrim tufayli Rossiya bilan boshlangan sanktsiyalar urushidan ham kattaroq bo'ladi. 

So'nngi bir necha yil davomida Berlin anglosakslar va ularning G'arbiy Evropalik yo'ldoshlarining "Shimoliy oqim-2" ni to'xtatishga qarartilgan harakatlariga qarshi chiqib kelayotgan edi. Ularning asosiy vaji - Shimoliy oqim-2 ishga tushsa Ukraina gaz tranziti uchun olayotgan pullaridan mahrum bo'lishi (va unda qanday qilib biz uni Rossiyadan ajratib olamiz) kabi sabablardan iborat edi. 

Gazning bir qismini Ukraina orqali sotib olish haqidagi shartnoma imzolanganidan so'ng esa, ular o'z fuqarolarini zaharlab o'ldiradigan "zulmkor davlatdan" gaz sotib olish yaxshi emas" deyishga o'tishdi. Keyin esa - Germaniya uni Rossiya xavfidan himoya qilayotgan Amerikaga qo'shimcha pul to'lashi kerakligi haqidagi savol ko'tarildi.

Berlin bularning hammasini eshitib, gaz quvurini qurishda davom etdi. Shu orada Buyuk Britaniya EIni tark etdi, AQSh bilan munosabatlar tobora taranglasha boshladi. Bunday vaziyatda Germaniya rahbariyati o'z manfaatlarini himoya qilishi va o'zining Evropa yetakchisi nomini himoya qilishi kerak edi. Undan tashqari ko'plab nemislar Germaniyaning eng katta muammosi - Rossiya emas AQSh deb hisoblaydi. Buni germeniyalik siyosatchilar juda yaxshi tushunishadi. Shu sababli tashqi bosimga yon berish shart emas edi. 

Navalniy voqeasini "Shimoliy oqim-2" taqdiri bilan bog'lash navbatdagi fitna bo'lishi boshidan maʻlum edi, lekin Berlin buni eʻtiborga olmaydi degan umid bor edi. So'nggi 3 hafta ichida nemis OAVlari va siyosiy davralarida shunchalik katta shovqin ko'tarilganki, atlantikachilar barcha kuchlarini ishga solgan ko'rinadi. 

Masalan, sobiq tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher axloqiy sabablarga ko'ra ShO-2ni to'xtatish taklifi bilan chiqqan. 

"EI ichki noroziligiga qaramasdan, Federal hukumat Rossiyaga ushbu gaz quvurini qurishda yordam berishga qaror qilib, juda katta strategik xatoga yo'l qo'ydi. Oqibatda biz bundan juda katta iqtisodiy va siyosiy zarar ko'rdik", - deb yozadi Fisher. 

Shundan so'ng Fisher Skripallar ishi, Tirgarten maydonidagi qotillik, Nemtsovning o'ldirilishi va boshqa hodisalarni esga oladi. - Rossiya kabi ishonchsiz hamkor bilan uzoq muddatli biznes olib borish qanchalik aqlli ish?, - deb savol qo'yadi. "Menimcha mutlaq aqlsiz. Biz kim bilan ishlayotganimizni unutmasligimiz kerak" - deb xulosa qilgan sobiq siyosatchi.

Germaniya sobiq kantsleri Gerxarda Shrederni esa darhol kim tomonda ekanini aniqlashtirish va "Nord-Strim" hamda "Rosneft" kompaniyalaridagi lavozimlaridan voz kechishni talab qilishmoqda. 

"Kantsler inson huquqlarini tan oladimi yoki yo'qmi - u hozir qaror qabul qilishi kerak", - deyilgan talabnomada. 

Yaʻni ular sobiq kantslerni "axloqsizlikda" ayblashmoqda. 

Germaniya parlamenti "Chap" fraktsiyasining sobiq rahbari Sara Vagenknext ushbu masalaga idrok va halollik bilan yondashishni talab qilmoqda. Navalniy tufayli ShO-2dan  voz kechishni talab qilayotganlar Germaniyaning boshqa xom- ashyo yetkazib beruvchilarini ham xuddi shunday printsipga asosan baholanishi va jazolanishi kerak.  

"Bu ish uchun hatto Kreml javobgar bo'lsa ham (hozircha bunga hyech qanday dalil yo'q) bu, biz neft sotib olayotgan,   Saudiya Arabistonidagidek muxolifatchilarning boshini kesib olish yoki o'lgunicha kaltaklashdek - razil yoki bizga o'zlarining slanets gazini sotayotgan AQShning  ko'p marotaba tinch aholini uchuvchisiz samolyotlar yordamida tilka-pora qilishidek - xunuk ish esmas", - dedi Sara Vagenknext. 

Bu hatto ikkiyoqlama standart ham emas - Navalniy "zaharlanishi"da eng hayratlanarlisi Rossiya hukumatining ushbu jinoyatda ayblanishi emas, zaharlanish bo'lganmi-yo'qmi - mana shu ham isbotlanmaganida. 

Germaniya hukumati Rossiya TIV so'roviga uzoq vaqtdan beri ataylab javob bermayapti. Sergey Lavrov esa Germaniyaning Navalniy "zaharlanishi" da Rossiya ishtirokidagi bayonotlariga "mutlaq qabul qilib bo'lmaydigan munosabat" deb javob qaytarishga majbur bo'lmoqda. 

Shuningdek Rossiya TIVi "hyech narsa bilan tasdiqlanmagan ayblovga asoslanib ultimatum qo'ygani uchun Germaniya elchisi Gez fon Gayrga "qatʻiy norozilik" bildirdi va "agar Berlin Navalniy zaharlanishining tibbiy dalillarini keltirmasa, Moskva FRG hukumati haqiqatni aniqlash va obʻyektiv tergov o'tkazishdan bosh tortishda ayblashi haqida" ogohlantirdi. 

"Bunday holda Germaniya harakatlari Rossiyaga qarshi uyushtirilgan qo'pol va dushmanga xos fitna sifatida baholanadi. Bu esa nafaqat Rossiya-Germaniya munosabatlarini buzilishiga balkim xalqaro vaziyatning jiddiy yomonlashuviga olib keladi", - deyilgan TIV bayonotida. 

Ana shunday keskin ogohlantirishlar - Rossiya tomonidan nemis rahbariyatiga ko'rstiladigan yagona yordam turi bo'lishi mumkin. Berlin esa - nafaqat rossiya-germaniya munosabatlari, balkim Germaniya kelajagi, uning mustaqilligi va butun Evropa uchun javobgarlini haqida ham o'ylab ko'rishi kerak. Javobgarlikdan qochish, oqibatida qo'yilgan xato uchun judda qimmat narx to'lashga to'g'ri keladi - Rossiya emas balkim bizning buyuk g'arbiy hamkorimizga. 

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
45
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

21 Apr 08:34
 
412
0
xs.uz

Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi

Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen

21 Apr 08:34
 
415
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha