Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa, uning vakolati 30-mayda tugaydi', ' deyiladi nashrda.
Aniqlik kiritilishicha, hozircha rasmiy sana belgilanmagan va Oq uy Maskning 130 kuni qachon yakunlanishini aniqlashi kerak.
Nashr, shuningdek, tadbirkor AQSH byudjeti xarajatlarini qisqartirishga hali ham jiddiy taʼsir koʻrsatishi va rasmiy ketganidan keyin ham 'Trampning ishonchli vakili' boʻlib qolishi haqida yozmoqda.
Bungacha AQSHning vitse-prezidenti Jey Di Vens Mask AQSH hukumatidagi lavozimini saqlab qolishini aytgandi. Uning taʼkidlashicha, nazoratsiz AQSH byurokratiyasiga qarshi kurashda tadbirkorning roli hali tugamagan.
Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi
Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi
Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi
Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ
Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi
Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon
Qidiruvda boʻlgan erkak Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, poytaxt IIBB tomonidan qidiruvda boʻlgan 29 yoshli erkak Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV'xabar berdi.Qayd etilishicha, 29 yoshli D.Y. IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Istanbul shahrida qoʻlga olingan.Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan yaqin oradagi IIOga yoki '102' qisqa raqamiga murojaat qil