Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan gaz va elektr tarmoqlari, suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, energiya ishlab chiqarish va toʻplash quvvatlari, katta tezlikda harakatlanishga moʻljallangan temir yoʻllarni qurish, koʻchmas mulk obyektlari va biznes infratuzilmasini barpo etish ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilandi.
Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish boʻyicha 'yoʻl xaritasi'ni qabul qilishga kelishib olindi.
“Ustimdan asossiz ariza berilgan”. Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tuman IIBda asossiz ushlab turilganini aytmoqda
Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev Yangiyoʻl tumani ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgani, ish uchun ahamiyati boʻlmasa-da mobil telefoni olib qoʻyilganini bildirib, Telegram kanalida murojaat'eʼlon qildi.Uning maʼlum qilishicha, kecha, 19-aprel kuni maslahatlashish 'bahonasida' Yangiyoʻl tumani Ichki ishlar boʻlimiga chaqirilgan va u yerda bir necha soat ushlab turilgan.'Yashash joyim ham, propiskam ham Yangiyoʻlda emas. Biroq nega Yangiyoʻl IIB bu ish bilan shugʻullanayo
Orzularidan voz kechmagan afgʻon qizlari
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Afgʻonistonlik Palvosha Doʻstmuhammad va Farimo Murodiy oʻz yurtida ushalmagan orzulariga Termiz shahrida erishmoqda. Ikki dugonaning qalbida tikuvchilikka boʻlgan ishtiyoq bolaligidan boshlab joʻsh urgan. Ular afgʻon milliy liboslarini tikib, oʻz brendini yaratishni orzu qilishadi.' Ota-onam chevar boʻlib, erkaklar va ayollar liboslarini tikishardi, ' deydi Palvosha Doʻstmuhammad. ' Bolaligimdan qoʻl mehnatiga mehrim tushdi. Oʻn ikki yoshimdan bichish-tik
Bir oyda isteʼmolchilarga cheklar uchun 105,6 mlrd soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi
2025-yilning aprel oyida hududlar kesimida qancha fiskal chek roʻyxatdan oʻtkazilgani maʼlum qilindi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' Telegram kanali xabar qildi.Unga koʻra, aprel oyida 29-may holatiga koʻra isteʼmolchilarga 105,6 milliard soʻmdan ortiq keshbek toʻlangan. Bunda 112,2 million dona chek roʻyxatdan oʻtkazilgan.Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan keshbeklarning eng katta qismi Toshkent shahri (42,2 mlrd soʻm), Toshkent viloyati (11 mlrd soʻm), Samarqand viloyati (7,9 mlrd soʻ
Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmo