' Ota-onam chevar boʻlib, erkaklar va ayollar liboslarini tikishardi, ' deydi Palvosha Doʻstmuhammad. ' Bolaligimdan qoʻl mehnatiga mehrim tushdi. Oʻn ikki yoshimdan bichish-tikishni boshlaganman. Dugonam Farimo bilan Termiz shahriga koʻchib oʻtib, tikuvxona ochdik. Bu yerda afgʻon milliy liboslarini tikyapmiz. Afgʻonistonda istiqomat qiladigan turli millat vakillariga xos naqsh va bezaklarni zamonaviy bichimlar bilan uygʻunlashtirishga intilyapmiz. Dastlabki orzularimiz ushaldi. Kelajakda kichik korxona ochib, oʻz brendimizni yaratmoqchimiz.
Chevarlar qoʻl mehnatida tayyorlayotgan 'chapan', ayniqsa, kelinlarning xina qoʻyish marosimida kiyiladigan 'gand afgʻoniy' deb nomlanuvchi hashamdor milliy liboslarini koʻrib, ularning mahoratiga qoyil qolasiz.
Chindan ham 'gand afgʻoniy' maftunkor libos, taqinchoqlar, qoʻlda tikilgan naqshlar uni jozibali qilib koʻrsatadi. Palvoshaning hikoya qilishicha, ushbu koʻylak faqat xina qoʻyish marosimida emas, balki kelin chaqirdi, kelin salom kabi marosimlarda ham kiyilar ekan.
' Tikuvxonamiz faqatgina chevarlik biznesi emas, balki oʻz madaniyatimiz va anʼanalarimizni saqlab qolishga boʻlgan saʼy-harakatimizdir, ' deydi Farimo Murodiy. ' Afgʻon milliy liboslarini saqlab qolishga boʻlayotgan intilishimiz ortida ularni dunyoga tanitishni maqsad ham qilganmiz. Insonning imkoniyati keng. Nimagaki orzu qilib, uning roʻyobi yoʻlida intilsa, albatta, maqsadiga erishadi. Ham oʻqib, ham ishlab, yangiliklarga intilib yashashdan charchamayman, aksincha, ilhomlanaman. Oʻzbekiston shunday jannatgoʻsha makonki, bu yerda nafaqat mahalliy yoshlar, balki biz kabi xorijlik yoshlarning ham orzu-intilishi ijobat boʻladi, qoʻllab-quvvatlanadi.
Palvosha va Farimoning tikuvxonasi afgʻon madaniyatining boyligi va goʻzalligini namoyish etish bilan birga, ularning intilishi va maqsadi bizga vatanparvarlik va inson ruhining kuchini eslatib turadi.
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika
MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi
“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav
Qurilish sohasini tartibga solish va shaharsozlik qoidalarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy masalalar qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog'ini rivojlantirish, shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Qo'mitaning ishchi guruhi tomonidan sohadagi amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. O'rganishlar natijasida qurilish sohasini tartibga solishdagi huquqiy bo'shliqlar v