calendar 20 Mar 12:53
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi

image
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam boʻldi.



' Davlatimiz rahbari oʻtgan yilning 29-fevral ' 1-mart kunlari viloyatimizga tashrifi chogʻida 'Bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi' faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi, ' deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi Sherzod Berdiyev. ' Mazkur topshiriq ijrosi boʻyicha inklyuziv markaz tashkil qilish uchun qulay lokatsiyada joylashgan ushbu binoni tanlab oldik va 2,6 mlrd soʻm mablagʻ evaziga bino qayta rekonstruksiya qilinib, toʻliq jihozlandi. Bino jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarning erkin harakatlanishi uchun moslashtirildi, zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlandi. Endilikda ushbu markazda Urganch shahri va Urganch tumanidan nogironligi boʻlgan 300 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar 12 turdagi toʻgarak va xizmatlar bilan qamrab olinadi, mutaxassislar ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, iqtidorlarini yuzaga chiqarishga koʻmaklashadi. Markazda IT, ingliz tili, rassomchilik kabi toʻgaraklar hamda psixologik va defektologiya xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.



Inklyuziv markazning ochilish tadbirida viloyat hokimi Joʻrabek Rahimov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼullari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
68
0
xs.uz

Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortib bormoqda – AQSh elchisi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortayotgani haqida gapirdi. Bu haqida 'OʻzA' maʼlum qildi.AQSh'elchisi Jonatan Xenik mamlakatimizda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etib, Oʻzbekiston xalqini ushbu bahor ayyomi bilan qutladi.'Navroʻz nafaqat yangilanish va farovonlik timsoli boʻlgan ajoyib bahor bayrami, balki erishilgan yutuqlarni nishonlash uchun muhim fursatdir.

04 Apr 16:18
 
43
0
xs.uz

Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida

23 Mar 16:43
 
55
0
xs.uz

Ertaga qay darajada issiq boʻladi? “Oʻzgidromet” ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi

'Oʻzgidromet' 23-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.23-mart kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi tumanlarda kuchli boʻladi. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metr

04 Apr 16:19
 
61
0
xs.uz

Oʻzbekistonda elektr energiyasini qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali ham olish boshlanadi

Oʻzbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalishdagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Prezidentning 2025-yil 24-martdagi PQ-116-son, PQ-117-son va PQ-118-son qarorlari qabul qilindi.Qarorlarga koʻra, Toshkent shahri va Andijon, Namangan, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechiml