calendar 20 Mar 12:54
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi — Prezident

image
Qayd etilishicha, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.

'Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan', dedi davlatimiz rahbari.

Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yoʻnaltiriladi.

Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon boʻladi.

'Uy-roʻzgʻor va farzand tarbiyasidan ortib, tadbirkorlik bilan odamlarni ishli, daromadli qilayotgan ayollarimizga har qancha rahmat aytsak, arziydi', dedi Prezident.

Bu yildan kichik biznesga 300 million soʻmgacha kredit berish boshlandi. Endilikda bir yilda yiriklashib, kichik yoki oʻrta korxonaga aylangan tadbirkorlarga shuni 150 million soʻmi garovsiz beriladi. Xuddi shunday, oilaviy tadbirkorlik boʻyicha ham 50 million soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.

Mutasaddilarga oldingi kreditidan kechikkan qarzi boʻlmagan tadbirkorlarga yangi imtiyozli kredit olish imkonini yaratish topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
38
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi

20 Mar 12:54
 
39
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo

28 Feb 01:17
 
44
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining QaroriKeyingi yillarda mamlakatimizda vijdon erkinligini ta'minlash, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini o'zida mujassam etadigan qadriyat va an'analarni bezavol saqlash hamda kelgusi avlodlarga yetkazish, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ko'makka muhtoj, nogironligi bo'lgan va ehtiyojmand insonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida ulkan ishlar o

16 Apr 09:12
 
12
0
xs.uz

Namanganda 16 yoshli qiz boshqargan mashina kanalga tushib ketdi

Namangan viloyatida 'Spark' kanalga tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Ushbu tumanda yashovchi fuqaro oʻzining boshqaruvidagi 'Spark' rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan