Keyingi yillarda mamlakatimizda vijdon erkinligini ta'minlash, muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini o'zida mujassam etadigan qadriyat va an'analarni bezavol saqlash hamda kelgusi avlodlarga yetkazish, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, ko'makka muhtoj, nogironligi bo'lgan va ehtiyojmand insonlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida ulkan ishlar olib borilmoqda. Bu kabi ezgu amallar muborak Ramazon oyida ayniqsa yorqin namoyon bo'lmoqda.
Xalqimiz uchun azaldan mehr-oqibat, shukronalik va bag'rikenglik timsoli bo'lib kelgan muborak Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada o'tkazish maqsadida:
1.'2025-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi'1-mart'kuniga to'g'ri kelishi haqidagi O'zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2.'Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari bo'yicha qo'mita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O'zbekiston mahallalari uyushmasi, O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash 'Nuroniy' jamg'armasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini'milliy an'ana va qadriyatlarga mos tarzda'o'tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ushbu fazilatli oyda''Ramazon ' saxovat, birdamlik va bag'rikenglik oyi''g'oyasi asosida:
ehtiyojmandlar hamda ilm-ma'rifat yo'lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo'yicha tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashga;
oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o'zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;
atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va 'qabristonlarni obodonlashtirish, ko'chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog'liq tadbirlarda me'yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikka alohida e'tibor berilsin.
3.'O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon oyini o'tkazish bilan bog'liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
4.'Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.'Aripov va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.'Mirziyoyev
Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim platforma
Qirg'iz Respublikasi poytaxti ' Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi.Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim o'ringa ega mazkur nufuzli anjumanda milliy kasaba uyushma tashkilotlari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.Yig'ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bosh kotibi Murodil Jumadilde uulu, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla R
“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk